Vatan himoyachilari – yurt tayanchi
2021-yil 13-yanvar kuni universitetda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan himoyachilari – yurt tayanchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi jarangi ostida boshlangan tadbirni universitet rektori G.Sh.Rixsiyeva kirish so‘zi bilan ochib berdi va yurtimiz o‘g‘lonlarini bayram bilan tabriklab, dilidagi barcha samimiy tilaklarini bildirdi. Tadbirga tashrif buyurgan Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi sikli boshlig‘i, podpolkovnik B.X.Saparov ham so‘zga chiqdi va tabrik bildirdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasi harbiy orkestori jamoasining, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasi Qorovul qo‘shinlar maxsus vzvodi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi maxsus jangovor guruhining chiqishlari yig‘ilganlarga yanada xush kayfiyat baxsh etdi.
Universitet matbuot xizmati