“Voleybol” sport turi bo‘yicha musobaqada institutimiz ayollari “Sharq” jamoasining faol ishtiroki
9–10-yanvar kunlari “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, jismoniy baquvvatlik va sog‘lom turmush tarzi” hamda “Vatanparvarlik” oyligi dasturi asosida ayol professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlarni jismoniy tarbiya va sportga muntazam jalb etish choralarini kuchaytirish maqsadida “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida o‘tkazilgan “Voleybol” sport turi bo‘yicha musobaqada institutimiz ayollarining “Sharq” jamoasi faol ishtirok etib, eng faol jamoa sifatida e’tirof etildi. Jamoa ishtirokchilari “Sertifikat” bilan taqdirlanishdi.