Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Xamsa intellektual o’yini

04.03.2020, 13:36 E'lonlar, Tanlov 2940

Do’stlar, birgalikda yig’ilib, bir-biridan qiziqarli va ajoyib mavzulardagi savollarni o’ynashga nima deysiz? Rozimisiz? U holda… ILK MAROTABA «Xamsa» Intellektual Milliy o’yini bo’yicha o’zbek tilida o’tkaziladigan talabalar o’rtasidagi «Navro’z Kubogi 2020″ga xush kelibsiz!

Turnirda ishtirok etish uchun o’z arizalaringizni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: @xamsa_uz_bot

Ushbu manzil bo’yicha o’zingizni qiziqtirgan savollar bilan ham murojaat qilishingiz mumkin.

Arizalarda quyidagilar ko’rsatilishi lozim: jamoaning nomi, o’quv muassasasi, o’yinchilar soni, jamoa sardorining kontaktlari.

Shoshiling, ishtirokchilar soni cheklangan. Qabulning so’nggi sanasi – 13-mart 23:59:59

Turnir sanasi va joyi:
2020-yil 15-mart
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Boshlanish vaqti: 11:00

O’yin qoidalari bilan ushbu havola orqali tanishib olishingiz mumkin:
https://telegra.ph/Xamsa-oyini-qoidalari-12-26