Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xitoyshunoslik fakulteti o’qituvchilarining 59-sonli xitoy tiliga maxsus iхtisoslashtirilgan o‘rta maktabga tashrif

23.01.2020, 21:31 Yangiliklar 4714

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 22-noyabrdagi 87-04-2689-sonli buyrug‘i asosida belgilangan vazifalarga muvofiq hamda ToshDSHI rektorining 2019-yil 27-noyabrdagi 01-930-sonli buyrug’iga binoan, 2020-yil 23-yanvar kuni ToshDSHIning “Xitoy tili va adabiyoti kafedrasi” o’qituvchilari, kafedra mudiri, v.b. dots. Nazarova S.A., v.b. prof. Karimov A.A., o’qituvchi Saydiganiyeva S. Toshkent shahrining Shayxontoxur tumanida joylashgan 59-sonli xitoy tiliga maxsus iхtisoslashtirilgan o‘rta maktabga tashrif biyurishdi. Tashrif davomida tomonlarning kelishuvi va farmonda ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida o’quv dasturlarini ishlab chiqish, hamkorlikda ilmiy maqolalar nashr etish, umumta’lim maktablari uchun o’quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, maktab o‘qituvchilari uchun “Xitoy tilini o‘qitishda o‘yin texnologiyalari metodlaridan foydalanish” mavzusida mahorat darsi o‘tildi. Uchrashuv yakunida prof. A.A. Karimov, S.A. Nazarova tomonidan maxsus adabiyotlar 59-maktabga hadya etildi.

photo_2020-01-24_14-39-33-300x225 photo_2020-01-24_14-39-32-225x300 photo_2020-01-24_14-39-30-225x300 photo_2020-01-24_14-39-27-300x225