XMIS fakultetida debat hamda bellashuv o’tkazildi
2018-yilning 21-dekabr kuni institutimizning “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakultetida Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabalari ishtirokida “O‘zbekistonning strategik hamkori: Rossiya yoki Turkiya?” mavzusida debat hamda “Аtamalar bilimdoni” bellashuvi o’tkazildi.
O’tkazilgan debat davomida talabalar Turkiya va Rossiyaning iktisodiy salohiyati, O’zbekiston bilan savdo-iktisodiy xamkorligining asosiy yo’nalishlari haqida prezentatsiyalar qildi. Shuningdek, tashqi iqtisodiy aloqalarga oid atamalar bilimdonlarini aniqlash bo’yicha tanlov ham o’tkazilib, tanlov natijasiga ko’ra g’oliblar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.