Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy anjuman

28.05.2018, 09:33 Yangiliklar 3528

2018-yilning 26-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari” mavzusidagi vazirlik miqyosidagi Respublika konferensiyasining 4-navbati bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Fanlar akademiyasi Abu rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Xalqaro islom akademiyasi, shuningdek, boshqa oliy ta’lim muassasalaridan yetakchi tarixshunos, siyosatshunos olimlar ishtirok etdilar.

Anjuman xorijiy Sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari, rivojlanish tarixi va tarixshunosligining ilmiy-nazariy masalalari, xorijiy tillardagi manbalarda Sharq mamlakatlari tarixi o‘rganilishining dolzarb masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni yanada jonlantirish, mazkur yo‘nalishlardagi muammolarning yangicha yechimlarini maslahatlashib izlash, yosh tarixchi-sharqshunos, tarixshunos va manbashunoslik kadrlar tayyorlash ishini samarali yo‘lga qo‘yish, respublikamizda va chet eldagi tarixiy manbalar va ilmiy asarlarni o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslarini yanada chuqurroq ta’minlash, xorijiy Sharq mamlakatlarining rivojlanish tarixiga oid yangicha qarashlarni ko‘rib chiqish hamda tahlil qilishni, tarix fan tarmog‘i ixtisosliklari bo‘yicha doktorantura va mustaqil izlanuvchilik tizimining samaradorligini oshirib borish va rivojlantirish borasida yosh olimlarga ilmiy-uslubiy jihatdan yordam berishni maqsad va vazifa qilib qo‘ygan. Bu yo‘lda akademik ilmiy muassasalar va oliy ta’lim tizimi o‘rtasida samarali korporativ hamkorlikni rivojlantirish; qo‘lyozma fondlaridagi xorijiy tillardagi asarlardan ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirishda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; O‘zbekistonning xorijiy Sharq mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalarining tarixiy asoslarini o‘rganish va o‘zaro munosabatlarning istiqbollarini belgilash, ularni atroflicha muhokama qilish kabilar bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

photo_2018-06-13_05-08-47 photo_2018-06-13_05-08-48 photo_2018-06-13_05-08-49 photo_2018-06-13_05-08-51