XXRning Gansuy universiteti bilan online uchrashuv bo’lib o’tdi
2023-yil 14-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining Gansuy universiteti prorektori Tan Veyyao boshchiligida Zoom platformasi orqali uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor N.Abdullayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor D.Sayfullayev, Xitoyshunoslik fakulteti dekani Q.Imamnazarov va Xitoyshunoslik fakulteti dotsenti F.Xasanova ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida hamkorlik yo`nalishlari va o`zaro anglashuv memorandumini imzolash masalalari muhokama qilindi.