Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Yamagata universiteti bilan hamkorlik

20.12.2025, 12:18 Yangiliklar 50

2025-yil 19-dekabr kuni TDSHU va Yamagata universiteti hamda Yaponiya biznes ko‘nikmalarini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda kasbiy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan Yaponiya–O‘zbekiston xalqaro markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Mazkur xalqaro markaz yapon tilini o‘rganayotgan talabalar hamda turli soha mutaxassislarini Yaponiyada mehnat faoliyatiga tayyorlash, yapon modellari asosida tadbirkorlik va biznes kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Shuningdek, yaponiyalik mutaxassislar ishtirokida 50 nafar talaba uchun tadbirkorlikka oid maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish, turli yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy malaka oshirish kurslarini joriy etish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.