Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Yapon tilida notiqlik san’ati” tanlovi bo‘lib o‘tdi

21.02.2020, 15:33 Yangiliklar 2087

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Madaniyat saroyida Yaponshunoslik fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida har yili ana’naviy tarzda o‘tkaziladigan “Yapon tilida notiqlik san’ati” tanlovi  bo‘lib o‘tdi. Joriy yilda ushbu tanlov 29-marotaba tashkil etildi.Tadbirda institutning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Elyor Maxmudov so‘zga chiqib O‘zbekiston-Yaponiya aloqalari turli sohalarda yangi bosqichga chiqganini alohida ta’kidlab o‘tdi va barcha talabalarga nafaqat institut bosqichida balki Respublika va MDX davlatlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan tanlovlarida ham yuqori natijalarga erishishlariga tilakdosh bo‘ldi.  Mazkur “Yapon tilida notiqlik san’ati” tanlovida 18 nafar talaba-yoshlar o‘zlari tanlagan mavzular bo‘yicha yapon tilida qanchalik ravon va to‘g‘ri so‘zlashish san’atiga ega ekanliklarini ko‘rsatib berdilar. Tanlovda O‘zbekiston-Yaponiya Markazidan Yamasaki Noriko va Sinkoi Xidexiro, O‘zbekiston-Nagoya markazidan Imamura Eiti, va O‘zbekiston Yuridik Universitetidan Nishidzaka Syoxey xay’at a’zolari sifatida ishtirok etdilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etildi va tanlov yakunida 1, 2 va 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilarga respublika miqyosida o‘tkaziladigan “Yapon tilida notiqlik san’ati” tanloviga yo‘llanma berildi.

photo_2020-02-21_17-30-19-1024x682 photo_2020-02-21_17-29-00-1024x682 photo_2020-02-21_17-28-52-1024x682