YAPONIYA AN’ANAVIY SAN’ATI — KAGURA
2026-yil 2-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Yaponiyaning betakror va nafis madaniyatiga bag‘ishlangan sahna dasturi bo‘lib o‘tdi. Kagura — qadimiy yapon an’anaviy tomosha san’ati bo‘lib, unda musiqa, raqs va ramziy obrazlar uyg‘unlashadi. Tadbir davomida ishtirokchilar yapon madaniyatining o‘ziga xos ruhini his etish imkoniga ega bo‘ldilar.
Dastur doirasida qiziqarli chiqishlar, jonli sahna namoyishlari hamda tomoshabinlar uchun sovrinli o‘yinlar tashkil etildi. Faol qatnashgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur madaniy tadbir universitet jamoasi va talabalarda katta taassurot qoldirdi.






























































































