Yaponiyaning Sizenkan Universiteti magistraturada o‘qish uchun stipendiyalar dasturi xaqida e’lon qiladi
Yaponiyaning Sizenkan Universiteti magistraturada o‘qish uchun stipendiyalar dasturi xaqida e’lon qiladi. Bitiruvchilar “Ijtimoiy inovasiyalar uchun Dizayn va Liderlik” mutaxassisligi bo‘yicha “Biznesni boshqarish” magistr diplomi egasi bo‘lishadi. Sizenkan universiteti yillik 24 ming AQSh doll. yoki to‘liq stipendiya – 48 ming AQSh doll. miqdoridagi stipendiya ajratishga tayyor. Stipendiya miqdori tanlov natijalari va nomzodning sifatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Nomzodlar qabul qilinish uchun o‘zlari bir martalik 2 ming AQSh doll. miqdorida to‘lovni, shuningdek, aviaparvoz va yotoqxona xarajatlarini o‘z hisoblaridan amalga oshirishlari kerak bo‘ladi. Nomzodlar bakalavr yoki magistr darajasiga ega, shuningdek, O‘zbekistan Respublikasi fuqarosi bo‘lishlari lozim. To‘liq ma’lumoni Sizenkan universitet xalqaro xamkorlik bo‘limi (admissions@shizenkan.ac.jp) elektron manzili orqali bog‘langan holda olishingiz mumkin.