Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

YAPONSHUNOSLIK OLIY MAKTABI

Xalmurzayeva Nadira Tashmurzayevna
Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Dotsent
Lavozimi: Oliy maktab boshlig‘i
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-17:00)
Tel.: +99894 6965038
E-mail:  nodira_khalmurzayeva@tsuos.uz

YAPONSHUNOSLIK OLIY MAKTABI

Yaponshunoslik oliy maktabida 2024-2025 o‘quv yilida 18 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 6 nafari PhD (2 nafari dotsent, 1 nafari dotsent v.b., 3 nafari katta o‘qituvchi), 5 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafar o‘qituvchi va 3 nafar stajor-o‘qituvchilardir. Yapon filologiyasi kafedrasi 1992 yilda tashkil etilgan. U nafaqat O‘zbekistonda, balki butun O‘rta Osiyoda yapon tilini o‘qitish bo‘yicha ochilgan birinchi o‘quv maskani hisoblanadi. O‘tgan yillar davomida yaponshunoslik bo‘yicha, qariyb, 2000 dan ortiq kadrlar tayyorlandi. Hozirda ushbu bitiruvchilarimiz yurtimizning Yaponiya bilan bog‘liq barcha jabhalarida faoliyat olib bormoqdalar. Ko‘p yillar mobaynida O‘zbekistonda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti  kunchiqar mamlakat – Yaponiya bilan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, xususan, yapon tilini o‘qitish masalalarini rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shib kelmoqda. 2024 yilning sentabr oyidan boshlab Yapon filologiyasi kafedrasi Yaponshunoslik oliy maktabiga o‘zgartirildi. TDSHUning Yaponshunoslik oliy maktabi O‘zbekiston va Yaponiya oliy o‘quv yurtlari professor- o‘qituvchilari ishtirokida turli xalqaro konferensiyalar tashkil etish tashabbusini ilgari surib, mamlakatlarimiz talaba, professor-o‘qituvchilari o‘rtasida axborot, ta’lim va tajriba almashish jarayonini rivojlantirishga harakat qilib kelmoqdalar. Yaponshunoslik oliy maktabida CEFR chet tillarni bilish darajalari bo‘yicha B2 darajasiga ega bakalavr va C1 darajasiga ega magistr yaponshunos sharqshunoslar tayyorlanadi.

Yaponshunoslik oliy maktabi_1 (1) Yaponshunoslik oliy maktabi_1 (2) Yaponshunoslik oliy maktabi_1 (3) Yaponshunoslik oliy maktabi_1 (4)

Yaponshunoslik oliy maktabi tadqiqotchilarining ilmiy ishlari

Tadqiqotchining F.I.Sh Tadqiqot ish mavzusi Ilmiy rahbar F.I.Sh.
1 Xalmurzayeva Nadira Tashmurzayevna Yapon tilida lisoniy xushmuomalalikning semantik va pragmatik tadqiqi (direktivlar misolida)  
2 Turapova Nargiza Ahmedovna Insonning hissiy holatini bildiruvchi yapon tilining somatik frazeologik birliklari
3 Shamsiyeva Barnoxon Baxromxodjayevna Tarjima matni madaniyat transferi sifatida F.f.n, professor G.Sh.Rixsiyeva
4 Abdulhamidova Dilafruz Abduxabirovna Olamning makonga oid modeli (Yapon va o‘zbek tillari materiali asosida) F.f.d., professor Q.Sh.Omonov
5 Qosimova Gulnora Baxtiyorjon qizi Gesaku adabiyoti (tipologiya va milliy o‘ziga xoslik) F.f.d., dotsent T.A.Muxtarov
6 Fatkulina Luiza Nailyevna Yapon tilini o‘rganishning dastlabki bosqichida nutq va yozish ko‘nikmalarini o‘rgatish usullari PhD, dotsent N.T.Xalmurzayeva
7 Ziyamova Zuxra Omanovna Yapon va o‘zbek tillarida majhul nisbatning chog‘ishtirma tadqiqi F.f.d., professor Q.Sh.Omonov
8 Tursunova Nilufar Talatovna Yapon tilida inkor va uning ifodalanish yo‘llari F.f.d., professor Q.Sh.Omonov

PhD, dotsent N.T.Xalmurzayeva

9 Temirova Muslima Abdirashidovna Yapon va o’zbek tillarida shart maylining sintaktik-funktsional tahlili PhD, dotsent N.T.Xalmurzayeva
10 Mamurjonova Gulbaxor Rustambek qizi O‘rta asrlar yapon romani. O‘rta asr yapon adabiyotidagi folklor unsurlari “Taketori monogatari” va “Ochikubo monogatari” misolida. F.f.d., dotsent T.A.Muxtarov
11 Xabibulina Alfiya Ildarovna Kobo Аbening “Qumdagi ayol” romanida frazeologik birliklarning lingvistik tahlili: semantik va pragmatik jihatlar PhD, dotsent v.b. N.A.Turapova
12 Egamova Kamola Akmal qizi Meyji davri adabiyotining yangi badiiy tafakkuri shakllanishida Tokutomi Rokaning o‘rni va ahamiyati F.f.d., professor R.U.Xodjaeva

Oliy maktabning hamkor tashkilot va universitetlari

  • Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
  • Tokio chet tillar universiteti;
  • Hosei universiteti;
  • Tsukuba universiteti;
  • Kioto universiteti;
  • Sofiya universiteti;
  • Vaseda universiteti;
  • Fukuoka ilmiy tadqiqot madaniyat markazi;
  • Osaka iqtisod va huquq universiteti;
  • Aichi Kenresu universiteti;
  • Kansai universiteti;
  • Vakayama universiteti;
  • Toyo universiteti
  • Kanazava universiteti;
  • JICA;
  • JICE;
  • “Japan Reigi-Sahou” assotsiatsiyasi

Kafedraning faoliyati boyicha fotolavhalar

23.11.2024, 11:36 466