Yevroosiyo va Hindistonda hind tilining buguni va istiqboli
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Ulfathon Muhibova 2024-yilning 12-15-mart kunlari Hindiston elchixonasi taklifiga binoan Qozog‘istonning Al-Farobiy universitetida tashkil etilgan “Yevroosiyo va Hindistonda hind tilining buguni va istiqboli” mavzusidagi mintaqaviy konferensiyada ishtirok etdi.
Konferensiyada MDH davlatlari – Rossiya, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Tojikiston hindshunos olimlari hamda Hindiston tadqiqotchilari qatnashdi. Asosiy muhokamalar uch yo‘nalishda olib borildi: tilshunoslik, adabiyotshunoslik va til o‘qitish metodikasi.
Professor Ulfathon Muhibova ushbu konferensiyada Adabiyotshunoslik sho‘basiga raislik qilib, “O‘rta asr hind adabiyoti” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.