«Yevrosiyo va koreyashunoslik» mavzusidagi Toshkent xalqaro ilmiy konferensiyasi bo’lib o’tdi
2024- yilning 23- aprel sanasida “Koreyashunoslik xalqaro ilmiy va madaniy haftaligi – 2024” doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Inha Xalqaro tadqiqotlar markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan «Yevrosiyo va koreyashunoslik» mavzusidagi Toshkent xalqaro ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli anjumanda TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva, O‘zR FA vitse-prezidenti Baxrom Abduhalimov, Inha Xalqaro tadqiqotlar markazi direktori Jean-Young Lee, O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyo koreyashunos olimlari, shuningdek Koreya Respublikasidan mutaxassislar ishtirok etdilar.
Kunning ikkinchi yarmida o‘z ishini konferensiya sho’balarda davom ettirmoqda. Unda universitet koreyashunos olimlari ham o‘z ma‘ruzalari bilan ishtirok etadilar.