Yosh olimlar Kengashining navbatdagi Ilmiy seminari
Joriy yilning 16-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Yosh olimlar Kengashining navbatdagi Ilmiy seminari o‘tkazildi. Unda “Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar” kafedrasi mustaqil izlanuvchilari X.MUSTAPOVA “Hindistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalari” mavzuida hamda A.BOZOROV “XX asr oxirlari boshlarida global boshqaruv tizimining shakllanishi va rivojlanishi” mavzuida ma’ruza qildilar.
23-mart kuni esa “MDH va Yaqin Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi” kafedrasi Mustaqil izlanuvchisi K.AKBAROVA “Mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning mohiyati va ob’ektiv zarurligi” mavzuida hamda “Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti” kafedrasi Katta ilmiy xodim izlanuvchisi H.SULAYMONOVA “Abu Mansur as-Salobiyning “Kanz al-kuttab”tazkirasida Movorounnahrlik ijodkorlar” mavzuida ma’ruza qildilar.