YOSH OLIMLAR KENGASHIning navbatdagi Ilmiy seminari
2018-yil 29–noyabrda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida YOSH OLIMLAR KENGASHIning navbatdagi Ilmiy seminari o‘tkazildi. Unda “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasi tayanch doktoranti Muyassar QURBONOVA “Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi omillari, mezonlari va ko‘rsatkichlari” mavzuida hamda “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti” kafedrasi tayanch doktoranti Dilshodbek SALAYEV “O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda xorijiy investisiyalarni jalb qilishning ahamiyati, o‘ziga xos xususiyatlari va natijalari ” mavzuida ma’ruza qildilar.
Shuningdek, “Eron-afg‘on filologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi Mirzajon QALANDAROVning “23.09.2018 -18.10.2018 yilda Eron Islom Respublikasi Tehron universitetida malaka oshirishda bo‘lganligi” xususidagi Hisoboti tinglandi.