Yoshlar parlamenti: Hamkorlik va taraqqiyot sari odimlar
Bugun, 7-oktyabr kuni Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida “Yoshlar parlamenti: hamkorlik va taraqqiyot sari odimlar” mavzusida onlayn davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G.Rixsiyeva, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi M.Muhammadyunusova, qolaversa, Yoshlar parlamenti a’zolari, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Onlayn davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqiga urg‘u berildi.
Bundan tashqari, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti o‘rtasida doimiy hamkorlikni o‘rnatish, shu jumladan, ushbu oliy o‘quv yurti huzurida “Young Advisors” yoshlar parlamenti klubini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda Yoshlar parlamenti komissiyalarining faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.