Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Turk filologiyasi kafedrasi

Shabanov Jumali Kazimovich
Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.:  +99898 307-54-84
E-mail:  djumali_shabanov@tsuos.uz

“Turk filologiyasi” kafedrasi

Turk filologiyasi kafedrasi dastlab 1990-yilda Oltoyshunoslik nomi bilan tashkil etilgan. 1991- yildan kafedra Turkiy tillar nomi bilan ataldi. 2020-yilda kafedra nomi Turk filologiyasi deb nomlandi.  Oltoyshunoslik kafedrasida uyg’ur, turk, koreys, yapon tillari o‘qitilgan. Keyinchalik, bu yo‘nalishlar mustaqil bo‘lib ajralib chiqdi: turk filologiyasi, uyg’urshunoslik. Bugungi kunda Turk filologiyasi kafedrasi elimizda turkshunoslik yo‘nalishida ta’lim berayotgan va ilmiy izlanish olib borayotgan yetakchi markazdir. Kafedraga uzoq yillar akademik A.Rustamov rahbarlik qildi. 1999-yildan boshlab f.f.d., prof. Q.Sodiqov, keyinchalik f.f.d., prof. Q.Omonov, f.f.n., dots. J.Shabanov, f.f.d., prof. Z.Xudoyberganova va f.f.n, dots. U.Lafasov mudirlik qildi. 2019-yildan buyon kafedra mudiri lavozimida f.f.d., dots. P.Kenjayeva faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2022 yil sentabrda hozirgi vaqtga qadar J.Shabanov vaqtincha kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedrada ta`lim ikki yo‘nalishda – bakalavrlik va magistrlik bosqichlarida olib boriladi. Ilk bosqichda turk filologiyasi (turk tili va adabiyoti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr mutaxassislar tayyorlanadi. Turk filologiyasi kafedrasining professor-o‘qituvchilari turk filologiyasi kafedrasidan tashqari, yana mumtoz sharq filologiyasi, sharq falsafasi, xorijiy mamlakatlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, jahon siyosati va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti kafedralarining talabalariga ham ta’lim berib kelmoqda. Kafedra o‘qituv faoliyatining yana bir qirrasi – universitetning  filologiya (sharq tillari) yo‘nalishlari uchun umumiy sanalgan tilshunoslik (tilshunoslikka kirish va umumiy tilshunoslik) fanlari ham kafedra yelkasida. Uyg‘ur tilini o‘qitish ham kafedraning ta’lim yo‘nalishlaridan biridir. Uyg‘ur tili turk filologiyasi, xitoy filologiyasi bo‘limlarida qo‘shimcha sharq tili sifatida o‘qitiladi.

Kafedraning ilmiy loyhasi

  • Ilk va o‘rta asrlarda yaratilgan turkiy hujjatlarning o‘zbek davlatchiligi tarixidagi o‘rni (diplomatika, sfragistika, paleografiya va matn interpretatsiyasi masalalari);
  • Adabiyotshunoslik terminlari lugʻati (turk adabiyoti);
  • Buyuk ipak yoʻli folklori (turk folklori). 

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  • O‘zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
  • O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
  • O‘zFA Adabiyot muzeyi
  • TDSHU qoshidagi Xorijiy tillar akademik litseyi
  • Turkiya – Anqara Hoji Bayram Vali universiteti
  • Turkiya – Anqara Gazi universiteti
  • Turkiya – Marmara universiteti
  • Turkiya – Istanbul universiteti
  • Turkiya – Hajettepe universiteti
  • Turkiya – Anqara universiteti
  • Turkiya – Turk Dil Kurumu

Kafedraning faoliyati boyicha fotolavhalar

29.07.2023, 13:03 28971