O’quv-uslubiy bo’lim
Umarova Saodat Mahkamovna | ||
Lavozimi: | Bo’lim boshlig’i | |
Qabul vaqtlari: | Har kuni (11:00-13:00) | |
Tel.: | 71 233-02-38 | |
E-mail: | saodat_umarova@tsuos.uz |
O‘quv-uslubiy bo‘lim
O‘quv-uslubiy bo‘lim – o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.
O‘quv-uslubiy bo‘lim universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.
O‘quv-uslubiy bo‘lim talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.
O‘quv-uslubiy bo‘limning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- Universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, universitet tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
- Universitetda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
- Universitet fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
- O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
- Universitet ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va institut Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;
- Universitet fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va universitet ta’lim jarayoniga tatbiq qilish;
- Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning zamonaviy tizimlarini tatbiq etilishini ta’minlash;
- Pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishini ta’minlash;
- Talabalar davomatini tahlil etish;
- Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
- Universitetdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil yetish va tahlil qilish;
- Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
- Universitetda professor-o‘qituvchilar shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
- O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
- Universitet fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
- Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
- O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
- Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
- Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish.
O‘quv-uslubiy boshqarmada boshliq, nazoratchi, statist, dispetcherlar faoliyat olib boradi.