“TİKA” vakolatxonasi rahbari TDSHUga tashrif buyurdi
Bugun, 2021-yil 10-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida yana bir uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda TDSHU rektori G.SH.Rixsiyeva, Turkiyaning O’zbekistondagi “TİKA” tashkiloti rahbari Cemalettin Tüney, Turkiyaning O’zbekistondagi elchixonasining ta’lim bo’yicha maslahatchisi Ali Eyyüpkoca, Turkiyaning O’zbekistondagi elchixonasi Turizm va madaniyat bo’yicha maslahatchisi Alparslan Akıncı, universitetining turkshunoslik fakulteti professor-o’qituvchilari va talabalari qatnashdilar. Tadbirni universitet rektori G.SH.Rixsiyeva kirish so’zi bilan ochib berdi va hamkor tashkilot vakillari bilan qatnashchilarni tanishtirib, ular bilan birgalikda faoliyat olib borayotganidan ma’mnun ekanligini yana bir bor ta’kidlab o’tdi.
Uchrashuvda “TİKA”ning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o’tgan yili universitetda ochilgan yagona turkologiya fakultetining ahamiyatini ta’kidlab o’tdi. Cemalettin Tüney universitetning ikki mamlakat o’rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlashdagi faoliyatini yuqori baholadi.
Shuningdek, Cemalettin Tüney fakultet kutubxona fondiga turkologiyaga oid 1000 ga yaqin zamonaviy ilmiy va o’quv adabiyotlarini sovg’a qildi.
https://www.uza.uz/ru/posts/glava-predstavitelstva-tika-posetil-universitet-vostokovedeniya_240551
Universitet matbuot xizmati