Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2021-yil 14- aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda siyosiy fanlar doktori Olgan Bekar TDSHU faoliyati, universitetning O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fandagi aloqalarni rivojlantirishdagi o‘rni, turkshunoslik sohasining hozirgi holati va istiqboldagi rejalari bilan yaqindan tanishdi.
Olgan Bekar so‘ngi yillarda TDSHU Turkiya universitetlari va tashkilotlari, Turkiya elchixonasi bilan olib borayotgan tizimli hamkorlik, turkshunoslik sohasi rivojlanishiga berilayotgan e’tiborga yuq oti Bahidir berin, kelgusida ham elchixona ta’lim va ilm-fan sohasida turli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. TDSHU O‘zbekistondagi tashrif buyurgan ilk oliy ta’lim muassasasi ekani shuning dalilidir, deb ta’kidladi mehmon.
https://www.uza.uz/uz/posts/turkiya-elchisi-bilan-uchrashuv_257752