Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda yapon tili bo‘yicha 29-respublika notiqlik ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

17.04.2021, 20:07 Yangiliklar 2526

2021-yil 17-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida yapon tili bo‘yicha 29-respublika notiqlik ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tanlovining raisi sifatida ishtirok etgan O‘zbekistondagi Yaponiyaning Favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyama kirish so‘zida: “Men O‘zbekistonda juda ko‘p talabalar yapon tilini o‘rganayotganidan benihoya ma’mnunman. Bugun tanlov  ishtirokchilari o‘zlarining kundalik mashg‘ulotlari natijalarini to‘liq namoyish etishiga ishonaman. Bunday tanlovlarda ishtirok etish, shubhasiz, siz yaponshunos yoshlari uchun katta tajriba bo‘ladi”, deb ta’kidladi.

Qizg’in o’tgan ushbu ko‘rik-tanlovda TDSHUning yaponshunoslik fakulteti 1-bosqich talabasi Asadbek Jamoliddinov g‘alaba qozonib, yapon tili bo‘yicha Markaziy Osiyo tanloviga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi, tadbirda qatnashgan boshlanishini sovrindorlar, ishtirokchilar esa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Ma’lumot o’rnida aytshimiz joizki, tanlovda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Samarqand davlat chet tillari instituti, Qorqalpoq davlat universiteti talabalari hamda TDSHU qoshidagi akademik lisey, O‘zbek-Yapon markazi (UJC), Noriko o‘quv markazi tahsil oluvchilari ishtirok etdi.

https://www.uza.uz/uz/posts/tdshuda-yapon-tili-boyicha-respublika-notiqlik-korik-tanlovi-otkazildi_258786

D36623F5-361B-4674-8B7C-440198CA502D

0DD35A15-D1B9-4AF9-8F3B-485746F83803

10E68ECD-3AE6-4B02-BB3D-0270627B9B29

9F46B3AA-CF93-4B8C-851F-6B7ADC4AAA7C

D1DCE8C4-2EF7-4647-89AD-A76BF8F16322

76BC427C-0F50-476B-8162-4337AA0CF654

1B65200B-BAC6-45D2-A88E-B6A998A8FBF3

EC24D623-51ED-46B4-B114-332EF8E8594A

DD68DDD9-A59A-4594-8947-3B51A51FA1D4
B647D8B3-57AA-4C13-BADF-9BCC42DDE094

1FFE07C2-1590-4493-A1E5-519611344F70

7308ED57-9FFB-41A9-B381-71B08BDDD578