“O‘zbekistonning Turk kengashi davlatlari bilan hamkorligi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
2021- yilning 30-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Turkiy Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi tashkilotchiligida “O‘zbekistonning Turk kengashi davlatlari bilan hamkorligi” mavzusida onlayn formatda xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiya ishida Vengriya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya va O‘zbekistonlik xalqaro ekspertlar, olimlar, nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari, davlat arboblari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilot vakillari qatnashdi.
Anjumanda Turkiya Kengashiga a’zo davlatlarning rivojlanish holati, o‘zaro hamkorlikni tashkil etishning dolzarb masalallari, mintaqa davlatlarining iqtisodiy, madaniy, ta’lim va boshqa sohalardagi rivojlanish istiqbollari va o‘zaro aloqalari kabi mavzular yuzasidan maruzalar o‘qilib, mavzu yuzasidan muhakamalar qilindi.
Konferensiyada shuningdek, jahon siyosatida kuzatilayotgan hozirgi o‘zgarishlar sharoitida turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar tashqi siyosati va xalqaro munosabatlarining konseptual jihatlari, mazkur davlatlar tashqi siyosatidagi yangi tendensiyalar hamda ularni o‘rganish muammolari va istiqbollari, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik tashkilotining xalqaro munosabatlardagi, xususan, “Sharq va Gʻarb” muloqoti kontekstidagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, xalqaro loyihalar doirasidagi o‘zaro aloqalari ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek konferensiyada turli OAV vakillari ham qatnashdilar.