TDSHUda magistraturaga kirish imtihonining birinchi kuni bo’lib o’tdi
👩🎓👨🎓Bugun, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida magistratura bosqichiga kirish imtihoni bo’lib o’tdi. Imtihon shaffof, haqqoniy o’tishi maqsadida har bir xonaga video kameralar o’rnatilgan bo’lib, jarayon onlayn translyatsiyada kuzatib borildi.
❗️Imtihon jarayonida universitet rektori, qabul komissiyasi raisi Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna qatnashib, barcha abituriyentlarga omad tiladi.
‼️Bugungi Imtihon natijalari ertaga 2021- yil 12- avgust kuni universitetning rasmiy sahifalarida ma’lum qilinishi rejalashtirilgan.
🔰Ma’lumot o’rnida aytishimiz joiz, magistratura bosqichiga bu yilgi qabul kvotasining umumiy soni 170 nafar talabani tashkil etadi. Hujjat topshirganlar soni esa 613 nafar.
Qadrli abituriyentlar, barchangizga omad yor bo’lsin!
TDSHU axborot xizmati