Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda magistraturaga kirish imtihonining birinchi kuni bo’lib o’tdi

11.08.2021, 15:47 Yangiliklar 1911

👩‍🎓👨‍🎓Bugun, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida magistratura bosqichiga kirish imtihoni bo’lib o’tdi. Imtihon shaffof, haqqoniy o’tishi maqsadida har bir xonaga video kameralar o’rnatilgan bo’lib, jarayon onlayn  translyatsiyada kuzatib borildi.

❗️Imtihon jarayonida  universitet rektori, qabul komissiyasi raisi Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna qatnashib, barcha abituriyentlarga omad tiladi. 

‼️Bugungi Imtihon natijalari ertaga 2021- yil 12- avgust kuni universitetning rasmiy sahifalarida ma’lum qilinishi rejalashtirilgan.

🔰Ma’lumot o’rnida aytishimiz joiz, magistratura bosqichiga bu yilgi qabul kvotasining umumiy soni 170 nafar talabani tashkil etadi. Hujjat topshirganlar soni esa 613 nafar.

Qadrli abituriyentlar, barchangizga omad yor bo’lsin!

6A4ADBC5-6DAF-4C5D-AEB2-F584F071FCC8        97E20DCE-41E4-4B81-9D01-616A4B81CAA6     BCCF5587-8276-4AC8-A833-3A80CD802FB4        75CA9DAD-FE81-4675-BFCE-3C8F3779F24D

D2ABABF9-2572-416B-BDFE-60B34722D6BC        7B118B83-E905-48E9-A5E2-DEFCC35F704B

TDSHU axborot xizmati