Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Axborot resurs markazi

 mmm Yuldasheva Marg’uba Melievna
Lavozimi: ARM boshlig’i
Qabul vaqtlari: Har kuni (11:00-13:00)
Tel.: +71 252-65-84
E-mail:  library2017@umail.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-81-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublika Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2006-yil 29-dekabrdagi 295-sonli buyrug‘i asosida TDSHU Axborot-resurs markazi tashkil etilgan.

Hozirgi kunda ARMda 5 ta bo‘limlar mavjud:

•    Ilmiy uslubiy va axborot maʼlumot (davriy nashrlar) bo‘limi;

•    Axborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi;

•    Axborot kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi (abonentlarga xizmat ko‘rsatish, o‘quv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan holda);

•    Elektron axborot –resurslar bo‘limi;

•    Xorijiy axborot resurslari bilan ishlash bo‘limi.

Ilmiy axborot-resurs markazining umumiy fondi

217.576  nusxani tashkil etadi.

Shundan :

ilmiy – 49.275 nusxa,

darslik – 28.511 nusxa,

o‘quv qo‘llanma – 60.233 nusxa,

badiiy – 6788nusxa,

chet el adabiyotlari – 40431 nusxa va boshqa adabiyotlar – 32338 nusxani tashkil etadi.

TDSHU ARMda 250 o‘ringa mo‘ljallangan 8 ta o‘quv zali mavjud. Shuningdek, talabalar turar joyida, universitetning bir qator til kafedralari qoshida ham kutubxona tashkil etilgan. TDSHU Axborot-resurs markazi zamonaviy texnika jihozlari bilan taʼminlangan: kompyuterlar soni 150 ta, ularning barchasi internet tarmog‘iga ulangan. Shuningdek, 102 ta kompyuter elektron katalog va elektron adabiyotlardan foydalanish uchun ajratilgan. ARMning elektron kutubxonasida 2 server, 150 kompyuter, 7 zamonaviy skaner, 5 nusxa ko‘chirish apparati, 10 ta printer mavjud

Axborot resurs markazida “IRBIS32” programmasi asosida ish yuritiladi. ARMda shtrix kod raqamlarini o‘qiydigan barkodlar mavjud bo‘lib ular Axborot –resurs markazida aʼzo bo‘lgan barcha kitobxonlarga berilgan shtrix kod raqamlari ID nomerlarini va barcha kitoblarga berilgan shtrix kod raqamlarini o‘qiydi.Barkod apparati yordamida ARMga kelgan kitobxonlarning qatnovini, qancha kitob olganliklarini statistikasini olish yo‘lga qo‘yildi. Axborot –resurs markazida A-3 formatda zamonaviy tezkor skanerlar mavjud bo‘lib kutubxonaga kelgan barcha adabiyotlar raqamlashtirilib adabiyotlarning elektron shakli muntazam ravishda elektron shaklga o‘tkazib borilmoqda.

Axborot –resurs markazida kitob fondini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish va tarqatish sistemasi yo‘lga qo‘yildi.Kitobxonlar haqidagi maʼlumotlarning xam elektron bazasi shakillantirildi.Kutubxona fondidagi barcha adabiyotlarga shtrix kod raqamlari qo‘yildi. Shuningdek institut ARMda o‘quv adabiyotlarning va noyob kitoblarning maxsus FAIN Reader dasturidan foydalangan holda skaner qilib, ularning elektron resurslarini yaratish ishlari amalga oshirildi. 40 000 ta nomdagi adabiyotning raqamlashtirilgan elektron shakllari elektron katalogga joylashtirilgan.

ARMda universitetda o‘qitiladigan barcha fanlardan darslik va o‘quv qo‘llanmalari, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy fanlardan adabiyotlar, o‘zbek, rus, g‘arb va sharq tillarida nashr etilgan kitoblar mavjud.

Axborot –resurs markazida chet el davriy nashrlariga obunalar tashkil etilgan.Rossiya respublikasidan maxsus 8 nomdagi ilmiy jurnallarga obuna tashkil etilgan bo‘lib, barcha jurnallarni skaner qilinib elektron shaklga o‘tkazildi va elektron katalogga joylashtiriladi.

ARMda universitetda o‘qitiladigan barcha fanlardan darslik va o‘quv qo‘llanmalari, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy fanlardan adabiyotlar, o‘zbek, rus, g‘arb va sharq tillarida nashr etilgan kitoblar mavjud.

Axborot –resurs markazida chet el davriy nashrlariga obunalar tashkil etilgan.Rossiya respublikasidan maxsus 8 nomdagi ilmiy jurnallarga obuna tashkil etilgan bo‘lib, barcha jurnallarni skaner qilinib elektron shaklga o‘tkazildi.

Universitet Axborot-resurs markazida kitob fondini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish va tarqatish sistemasi yo‘lga qo‘yilgan. Kitobxonlar haqidagi maʼlumotlarning elektron bazasi shakllantirilgan. Kutubxona fondidagi barcha adabiyotlarga shtrix kod raqamlari qo‘yilgan. Shuningdek, universitet ARMda o‘quv adabiyotlarning va noyob kitoblarning maxsus FAIN Reader dasturidan foydalangan holda skaner qilib, ularning elektron resurslarini yaratish ishlari amalga oshiriladi. 15420ta darslik va o‘quv adabiyotlarning raqamlashtirilgan elektron shakllari elektron katalogga joylashtirilgan.

Universitet taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv adabiyotlari bilan taʼminlanganlik monitoringi muntazam amalga oshiriladi.

Universitet taʼlim jarayoni uchun zarur o‘quv adabiyotlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni kerakli nusxada nashr qilishga va sotib olish uchun  mablag‘ ajratiladi

 

 

 

 

19.01.2023, 13:09 4888