TDSHU bitiruvchi kurs talabalari uchun Bojxona qo’mitasida seminar trening (workshop) tashkil etildi
#Yoshlar_kuni
#Ochiq_eshiklar_kuni
TDSHU bitiruvchi kurs talabalari uchun Bojxona qo’mitasida seminar trening (workshop) tashkil etildi
Unda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi. Tadbirda Bojxona qo‘mitasi Raisining maslahatchisi U.Pirmuxamedova hamda tegishli boshqarma boshliqlari qatnashdi.
Uchrashuv universitet Karyera markazi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Unda talabalarga bojxona organlarida xizmat qilishning afzalliklari, tizim faoliyatining ochiqligi va shaffofligi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarda sohaga qiziqish uyg‘otishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida Bojxona qo‘mitasi faoliyatiga oid videoroliklar namoyish etildi va davra suhbati shaklida ochiq muloqot tashkil qilindi. Jumladan, boshqarma boshlig‘i F.Olimjonov bojxona organlarining faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda xizmatga qabul qilish talablari haqida taqdimot o‘tkazdi.
Uchrashuv yakunida talabalar Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasi hamda Bojxona rasmiylashtiruvi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning kasb tanlashida muhim ahamiyatga ega bo’lib, bojxona tizimiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.








