Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlik

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalar va o‘qituvchilar salomatligini saqlash va tiklash maqsadida turli mahalliy va respublika tibbiyot markazlari bilan hamkorlik qiladi. Xususan, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalar hamda professor o‘qituvchi xodimlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash va saqlash, ularga sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini joriy etishda yaqindan yordam berish, talaba va o’qituvchi xodimlar o’rtasida tibbiy madaniyatni rivojlantirish masalalarida Mirobod tumani hududiy tibbiyot birlashmasi bilan faol hamkorlik qiladi. Faol hamkorlik natijasi o‘laroq, so‘nggi yillarda TDSHUda o‘quvchi talaba yoshlar hamda professor o’qituvchilar, xodimlarning tibbiy axborot statistikasi tashkil etilib, ushbu axborot statistikasi yordamida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashning, kasalliklar profilaktikasining aniq tamoyillari va mexanizmlari belgilab olindi, tibbiy madaniyatni rivojlantirish tadbirlari ishlab chiqilib hayotga joriy etildi, shu bilan birga jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari, ommaviy sport harakatining profilaktik tibbiyot bilan integratsiyasini ta’minlashga chuqur e’tibor qaratildi. Shu bilan bir qatorda, universitet Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda barcha qulayliklarga ega bo’lgan “Ona va bola” tibbiy xonalari, “Salomatlik” markazi, “Oriental” psixologik xizmat ko’rsatish markazi, reproduktiv xizmatlari markazi tashkil etilgan bo’lib, talaba yoshlar hamda ishchi xodimlarning manfaatlarini ko’zlagan holda bugungi kunga qadar aktiv faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, universitet yoshlari Toshkent davlat tibbiyot akademiyasi va boshqa sog’liqni saqlash idora va muassasalari tomonidan tashkil etiladigan turli sport musobaqalari hamda tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalar hamda professor o‘qituvchi xodimlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash va saqlash, salomatlik va farovonlik natijalarini yaxshilash uchun mahalliy va milliy sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda 1 yilda 2 marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladilar.

Shuningdek, TDSHUda Kasaba uyushmasi faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Universitet Kasaba uyushmasi universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlarini sog‘lomlashtirish, sog‘liqliklarini qayta tiklash maqsadida ularga uyushma va ijtimoiy sug‘urta budjeti mablag‘lari hisobidan sanatoriy, dam olish uylari, sanatoriy-profilaktoriy hamda bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanmalar taqdim etadi.

photo_2023-09-14_17-16-08

14.09.2023, 17:16 893