Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

NUML universiteti bilan hamkorlik

2023-yilning 10-mart sanasida “Besh tashabbus” xonasida TDShU “Urdu tili va adabiyoti, Pokiston tarixi va madaniyati”, “Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo” tillari kafedrasi hamda NUML (National University of Modern Languages) (Islomobod, Pokiston) universiteti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo davlatlarida urdu tili va adabiyoti ravnaqi” nomli 1 kunlik (online) xalqaro seminar boʻlib oʻtdi. Mazkur seminardan koʻzlangan maqsad Markaziy Osiyo davlatlarida, xususan Oʻzbekistonda urdu tili va adabiyotini rivojlantirish, professor-oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari, ikki universitet oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, jumladan, ustoz va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

Ushbu seminarda NUML universitetining professor-oʻqituvchilari, jumladan, “Urdu tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Foziya Aslam, dekan Jamil Asgʻar Jami, universitet professori Naim Mazhar, Xazara Universiteti dotsenti Xusayin Muhammad Altaf Yusuf Zai, “Urdu tili va adabiyoti, Pokiston tarixi va madaniyati”, “Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo” tillari kafedralarining professor-oʻqituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar.

Oʻtkazilgan seminar doirasida kelgusida, quyidagi ishlar amalga oshirish rejalatirildi:

1) Ikki universitet oʻrtasida professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi;

2) TDShU, “Urdu tili va adabiyoti, Pokiston tarixi va madaniyati” kafedrasi professor-oʻqituvchilari NUML universiteti rahbariyati tomonidan joriy yil noyabr oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro konferensiyaga taklif etildi.

photo_2023-11-30_11-41-09

30.11.2023, 11:42 598