Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Saylovlar demokratik qadriyatdir

2023-yil 23-oktabrida TDSHU ning “Siyosatshunoslik” yo‘nalishi 3-kurs talabasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Komiljon Suyarov saylovlar va ularning demokratik asoslari haqida quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi:

Saylovlar demokratik qadriyatdir. Shu bois, har bir demokratik davlat xalq hokimiyatini ushbu qadriyatga asoslanib o‘rnatadi. Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquqiy normalarning nechog‘liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hududlarda tashkil etilgan barcha darajadagi saylov komissiyalari tomonidan o‘z faoliyatlarida mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik printsiplariga qat’iy amal qilgan holda saylovni milliy qonunlarimiz, boy tajribamiz va umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar talablariga mos ravishda yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, Saylov kodeksiga Qonunchilik palatasi saylovini aralash (majoritar, proporsional) saylov tizimi asosida o‘tkazish tartibini kiritish taklif etilgani ham bu jarayonlar uchun muhim qadam bo‘ldi. Saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga ajratilmoqda. Qonunchilik palatasining 75 nafar deputati majoritar saylov tizimi asosida bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi asosida, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar bo‘yicha yagona saylov okrugidan saylanishi belgilanmoqda.

 

photo_2023-12-14_15-23-06

14.12.2023, 15:33 730