Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

BRMni o‘rganish va tahlil qilish

2022-yil 14-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Turkshunoslik fakulteti G‘arb tillari kafedrasida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan barcha mamlakatlarga 2030 – yilgacha barqaror rivojlanish uchun tadbiq etilayotgan 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlari haqida vebinar o‘tkazildi. Unda ingliz tili o‘qituvchisi Muxammadiyeva Nargiza 2-bosqich talabalari bilan Global fuqarolikning shakllanayotgan dunyo jamiyatida tutgan muhim o‘rni, global fuqarolik nima hamda 17 ta maqsadlarning bajarilishida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan taniqli insonlar haqida batafsil ma‘lumot berdi.

Talabalar suhbat chog‘idan so‘ng interfaol mashqlarda ishtirok etdilar va vebinar mavzusi haqida o‘zlarining ijobiy fikrlarini qoldirdilar. Ular o‘zlarini global jamiyatning bir bo‘lagi  hamda global fuqaro sifatida his qilib, 17 ta maqsadlarning ba’zilariga mumkin bo‘lgan hayotiy yechimlarni misol qilib o‘tdilar. Ushbu vebinar ingliz tilida olib borildi.

photo_2023-08-04_22-44-13

04.08.2023, 22:45 959