Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Oltoyshunoslar simpoziumi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida

2022-yil 27-28-sentabr kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Oltoy hamjamiyatlari xalqaro simpoziyumi-X: Oziq-ovqat va ovqatlanish madaniyati mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.

“Oltoy hamjamiyati simpoziyumi” nomi bilan anʼanaviy tarzda tashkil etilib kelinayotgan navbatdagi anjuman Oltoy xalqlari va jamiyatlarinin oziq-ovqat va ovqatlanish madaniyatiga bagʻishlangan bo‘lib, unda 160dan ziyod xorijlik mutaxassislar ishtirok etdi. Simpoziyum doirasida tarixiy va keyingi davrlardagi manbalar va ushbu manbalardan olingan ma’lumotlar; oziq-ovqat va uning tarixiy rivojlanishidagi ovchilik davri, yovvoyi oʻsimliklar, o‘simliklarni xonakilashtirish va ulardan foydalanish; taom, oziq-ovqat va ovqatlanish bilan bog‘liq terminlar va ularning etimologiyasi; ovqat tayyorlash, pishirish va ularni saqlash usullari, mazkur usullarning rivojlanishi; ichimliklar (qimiz, qatiq, ayron va qimron); hoqon, hukmdor va h.k.larning tanovul chogʻida mavqe va ulush anʼanalari; din, eʼtiqod va tugʻilgan kun, unashtiruv, nikoh, oʻlim va muqaddas kunlar kabi maxsus kunlar bilan bog‘liq marosimlarda taom va ovqatlanish madaniyati kabi mavzular muhokama qilindi.

Mazkur simpoziyumning maqsadi – tarixiy davrlardan bugunga qadar davom etib kelayotgan taomlar va ovqatlanish madaniyatini qiyoslash asnosida Oltoy xalqlari sivilizatsiyasi, qadriyatlari va shaxsiyatlarining shakllanishidagi oʻrnini oʻrganishdan iborat.

2022-yil 27-sentabr kuni Yalpi majlis shaklida TDSHUda ish boshlagan Xalqaro simpoziyum o‘z faoliyatini sessiyalar va sho‘balarda davom ettirib, 30-sentabrga qadar davom etdi. Simpozium natijasida tegishli yo‘nalishlarda bir qancha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

photo_2023-08-10_11-28-16

10.08.2023, 11:29 732