Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Jamoatchilik kengashi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Jamoatchilik kengashi universitetning jamoatchilik boshqaruvi organlaridan biri hisoblanadi.

Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va konunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • professor-o‘qituvchilar va boshqa xodimlar hamda talabalar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitning mavjudligini o‘rganadi va bu muhitning buzilishiga olib keluvchi sabablarni tahlil etadi, zaruriy tavsiyalar beradi;
  • ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha tadbirlar rejasini o‘rganadi, tahlil qiladi va bu tadbirlarning o‘quv jarayoniga xalaqit bermasligi, talabalarni o‘quv mashg‘ulotlaridan asossiz ravishda ozod qilib, turli tadbirlarga jalb etish sabablarini o‘rganadi, xulosalar tayyorlaydi;
  • talabalarni hasharlarga, universitet hududidagi turli xo‘jalik ishlariga jalb etilishini nazorat qiladi va bu tadbirlar tufayli dars qoldirilishlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;
  • professor-o‘qituvchilar va boshqa xodimlarni ijtimoiy himoyalash va ularga mukofotlar belgilashda ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya etilishi, mukofotlanishda shaxsning o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishini, jamoat ishlarida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirokini hisobga olinishi kabi holatlarni nazorat qiladi;
  • talabalar orasida tartibbuzarlik, axloqsizlik, giyohvandlik, ichkilikbozlik kabi illatlar tarqalishining oldini olish va ota-onalar kengashi bilan hamkorlikda bu salbiy holatlarga qarshi faoliyat yuritish, nazorat etish, ahvolni yaxshilashga oid chora- tadbirlar ko‘rish yuzasidan tavsiyalar beradi;
  • professor-o‘qituvchilar va boshka xodimlar hamda talabalarni ijtimoiy himoya qilish, ularga moddiy yordam ko‘rsatish kabi ishlarning borishini nazorat qiladi va bu borada tavsiyalar beradi.

20.09.2023, 12:55 835