Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Lola Abduvahidovna Saidova bilan “Gender tengligi – inson huquqlarining ajralmas qismi sifatida” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

21.04.2021, 20:48 Yangiliklar 3243

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida”gi qonunda ayollarni jinsi boʼyicha bevosita va bilvosita kamsitishni taqiqlanishiga alohida urgʼu berildi. Mazkur qonun davlatimiz rahbarining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.

Ushbu qonunning maqsadi xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, taʼlim muassasalarida hamda boshqa joylarda tazyiqlar va zoʼravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan. Ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, tazyiqlar va zoʼravonlikdan jabrlanganlarni huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini taʼminlash ham qonunning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ushbu tushinchalarni yoshlarga keng yetqazish maqsadida joriy yilning 20-aprel kuni TDSHUda xalqaro huquqshunos, Adliya vazirligi huzuridagi yuristlar malakasini oshirish markazi professori Lola Abduvahidovna Saidova bilan “Gender tengligi – inson huquqlarining ajralmas qismi sifatida” mavzusidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Universitet rektori G.SH. Rixsiyeva tomonidan kirish so’zi bilan ochib berilgan mazkur uchrashuvda Lola Abduvahidovna tomonidan mavzuga oid  ko’plab ma’lumotlar berildi. Universitet talabalari  mutaxassisga o’zlarini  qiziqtirgan savollari bilan murojaat etib keraklicha javoblarni oldilar.

C36660DF-A020-4C1A-9B76-F1C15723FD37

E6B697C5-7109-4FF2-9D18-C7C08E17AC36

3100BEB7-7891-43D6-AEF7-379BCD14932A

 

D614320A-7F47-4533-AC49-2A082A95E696

80C35414-725A-4936-B2A9-D7E9C552D10C

AC666F53-13DA-4745-8332-4181EA57488C