Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ILM-FANNI 2030-YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI VA SHARQSHUNOSLIK SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH VA ILMIY SALOHIYATNI OSHIRISH BO’YICHA UNIVERSITETDA QILINAYOTGAN ILMIY-INNOVATSIYON SOHAGA CHORA-TADBIRLAR

Ilmiy tadiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’lim boshlig’i M.Qalandarov, ilmiy ishlar bo’yicha dekan muovinlari, faol o’qituvchilar fakultetlar kesimida va kafedralarda TDSHU professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va talabalari uchun Scopus va ScienceDirect xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyatlarini yaratish va ulardan foydalanish yo‘llari yuzasidan bir qator seminar treninglar tashkil etib kelinmoqda.
Universitet kengashining yig‘ilishlarida muntazam ravishda mazkur bazalar ulardan foydalanish bo‘yicha masalasi muhokama qilib boriladi.

Universitet rektorining 2018-yil 14-iyundagi 05-14-sonli buyrug‘i asosida xalqaro bazalardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida “Maslahat markazi”ni tashkil etilib, har bir fakultet uchun moderatorlar belgilangan. Ularning o‘zlari faoliyat yuritayotgan kafedralarida alohida taqdimotlarni o‘tkazishi zarurligi va o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatishlari vazifa sifatida belgilangan.
Elsevier kompaniyasi bilan elektron ma’lumotlar bazasi resurslaridan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi.

Scopus va Science Direct, Web of Science, Springer kabi xalqaro baza va kutubxonalarning mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan respublika miqyosidagi Forumlarda TDSHU doktorantlar va tadqiqotchilari ham qatnashib sertifikatlarga ega bo‘lishmoqda.

Shuningdek, Scopus va Science Direct mas’ullari Yu.Aspanova, O‘.Sertdemir bilan 17 aprel kuni seminar trening o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4680-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 18-apreldagi 265-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini kompleks rivojlantirish dasturi doirasida URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI hamkorligida
Yoshlarni ilmiy ishlarga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyatni kadrlar bilan ta’minlash tizimini shakllantirish maqsadida OLIMJON SAIDMAMATOV () ishtirokida “XORIJIY O‘QUV VA ILMIY GRANTLARNI QANDAY QO‘LGA KIRITSA BO`LADI?” mavzusida trening-seminar o’tkazildi.

“Xalqaro ma’lumotlar bazalaridagi nashrlarda maqolalar chop etish”, “Loyihalar e’loni, texnik tayyorlash va topshirish, amalga oshirish mexanizmlari”, “Erasmus+ dasturi doirasida loyihalarni tayyorlashning tashkiliy ishlari”, “Professor-o‘qituvchi Xirsh-indeksini oshirish yo‘llari va imkoniyatlari” mavularida 13-15 yanvar kunlari professor-o‘qituvchilarga treninglar tashkillashtirildi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 2022-yil 26-yanvar kuni O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “Yoshlar startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida BMT Taraqqiyot dasturi eksperti Usmon Rahimjanov onlayn seminar-trening o‘tkazdi.

ASOS:
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
“SHARQSHUNOSLIK SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH VA ILMIY SALOHIYATNI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA”GI QARORI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
ILM-FANNI 2030-YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA”GI FARMONI

https://lex.uz/docs/-4791086

The manual on the use of electronic database resources and methodological recommendation was prepared for the publication of articles.

Video on the use of international scientific bases

002 003 photo_2018-06-27_23-57-57 photo_2018-06-27_23-57-55

26.10.2024, 17:25 12692