Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Doktorantura bo’limi

 Laziz To'rayev TO’RAYEV LAZIZ ABDIVALI O’G’LI
Ilmiy darajasi va unvoni: Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.
Lavozimi: Doktorantura bo‘limi boshlig‘i
Qabul vaqtlari: Haftaning ish kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha
Tel.: +99897 720-00-14
E-mail: laziz_torayev@tsuos.uz

DOKTORANTURA BO‘LIMINING ASOSIY VAZIFALARI:

  • Universitet doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchilar, stajor-tadqiqotchi tarkibining ilmiy faoliyatini monitoringini olib borish;
  • Ilmiy va pedagog xodimlar tayyorlashning yillik ish rejasi va ularning bajarilishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yordamida nazorat qilinib turilishini ta’minlash;
  • Doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchilar, stajor-tadqiqotchi va talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb qilish yo‘li bilan o‘quv jarayonini ilmiy-tadqiqotlar bilan aloqasini ta’minlashga ko‘maklashish;
  • Rejalashtirilgan ilmiy ishlarning bajarish bo‘yicha universitet fakultet va kafedralari yillik hisobotini nazorat qilish;
  • Konferensiya, simpozium, seminar va kengashlarni o‘tkazishni rejalashtiradi va ilmiy to‘plamlar, ilmiy konferensiya, simpozium, seminar kengash va anjumanlarni materiallarni nashr etishga ko‘maklashadi;
  • Doktorantura, tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilar va stajor-tadqiqotchilik tizimiga qabul uyushtirish;
  • Doktorantura, tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilar va stajor-tadqiqotchilik tizimiga qabul uyushtirish. tizimiga qabul qilinganlarning ilmiy mavzulari hamda ilmiy rahbarlarini Kengashda tasdiqlash;
  • Tayanch doktorantura tizimiga qabul qilish va malakaviy imtihonlarini qabul qilish bo‘yicha hay’at a’zolarini belgilash;
  • Har yili belgilangan muddatlarda stajyor-tadqiqotchi, doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarlarni attestatsiyadan o‘tkazish;
  • Doktorantura bo‘limi ilmiy faoliyatining rivoji, taraqqiyoti va istiqboli boʻyicha hamkor OTMlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlar bilan turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish;
  • “Yosh olimlar” kengashida yosh professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchilar, stajor-tadqiqotchilarga ilmiy anjumanlar o‘tkazishni tashkil etish va bu anjumanlarda ularning faol ishtirok etishlarini nazorat qilish;
  • Doktorantura bo‘limi o‘z faoliyatini universitetning barcha oliy maktab/kafedra, markazlar, boshqarma va bo‘limlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

ARXIV DOKTORANTURA

04.11.2024, 11:00 3843