Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

JANUBIY OSIYO TILLARI OLIY MAKTABI QOSHIDAGI “MAHATMA GANDI NOMIDAGI HINDSHUNOSLIK” ILMIY-TADQIQOT MARKAZI

7 Markaz direktori MUXIBOVA ULPATXON UCHKUNOVNA
Qabul vaqti: Haftaning dushanba, chorshanba, juma  kunlari soat 11:00 dan 13:00 gacha
Tel: +998946443037
e-mail: ulfatmuhib8@mail.ru

 

Markazning vazifalari

 Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

ilmiy-tadqiqot olib borish bo‘yicha:

– Hindiston xalqlari (hindi, urdu, tamil, bengal) adabiyoti tarixi, rivojlanish bosqichlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;

– Hind adabiyotshunosligi va tilshunosligi mutaxassislarining nazariy qarashlarini o‘rganish;

Hindiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va tilini har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda Oʻzbekiston Respublikasi   Hindiston davlatining oʻzaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan oʻrganish;

– Hindi tili bo‘yicha  ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash, shuningdek, mahalliy va   Hindistonlik  hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, xususan, ilmiy loyihalar, dissertatsiyalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar tayyorlash;

– Hindiston va O‘zbekistondagi til vaziyati, hindi va o‘zbek tillarini, hind va o‘zbek adabiyoti, madaniyatini qiyosiy oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda uning natijalarini taʼlim jarayoniga bevosita qoʻllash orqali hindi va o‘zbek tillari va madaniyatini dunyo miqyosida targʻib etish;

– Hindshunoslik tadqiqi hamda Hindiston davlati yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatinining tahlili asosida universitet bakalavrlik va magistrlik oʻquv rejalaridagi til, adabiyot, tarix, iqtisodiyot va siyosatshunoslik bilan bogʻliq kurslar oʻquv dasturlarining mazmun-mohiyatiga  zamon ruhi singdirilgan tavsiyalar ishlab chiqish;

– Hindiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va Hindi tiliga oid asarlarni o‘zbek tiliga va aksincha, O‘zbekiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosatiga oid asarlarni tarjima va nashr qilish orqali har ikki mamlakat  qadriyatlari va milliy madaniy merosini dunyoga tanitish;

– Hindshunoslikning rivoji, taraqqiyoti va istiqboli boʻyicha Hindistonning  hamkor OTMlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlari bilan turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish;

– Ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va turli ilmiy anjumanlar tashkil etish orqali oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;

– Markaz ilmiy-tadqiqot natijalarini muntazam ravishda yoritib borish maqsadida Markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallar va soha boʻyicha erishilgan ilmiy natijalarni xorijiy, xususan, Scopus va Web of Science ilmmetr bazalarida indekslanuvchi nashrlarda hamda respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;

– Respublikada ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun markaz qoshida “Ilmiy ish yozish asoslari” kurslarini tashkil etish;

– Markaz ishiga yurtimiz va Hindiston davlatida  faoliyat olib borayotgan yetakchi Hindshunos olimlarni jalb qilish;

– Hindiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va Hindi tilini tadqiq va tahlil eta oladigan Hindshunos mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirishda faol ishtirok etish;

– Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovatsion loyihalar ishlab chiqish, Hindiston davlatining yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari va OTMlari bilan hamkorlikda ilmiy seminarlar va loyihalar taqdimotlarini oʻtkazish;

– Universitetda Hindshunoslik yoʻnalishida bajariladigan tadqiqot ishlarini oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish va ijrosini taʼminlash.

o‘quv ishlari bo‘yicha:

  • Hindi tili va adabiyoti, uning rivojlanish bosqichlari bo‘yicha bakalavr va magistratura bosqichlari uchun o‘quv adabiyotlari, shu jumladan, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, o‘quv qo‘llanma, darslik, xrestomatiyalar yaratish va ularni markazda muxokama qilish va nashrga tavsiya etish;
  • O‘quv adabiyotlari yaratilishida xorijiy adabiyotlarni jalb qilishni takomillashtirib borish;
  • O‘quv adabiyotlari yaratilishida xorijiy mutaxassislarni ham jalb qilishni yo‘lga qo‘yish;

tashkiliy ishlar bo‘yicha:

– Toshkentdagi L.B.Shastri Hind madaniyati markazi, Hindistonlik mutaxassislar ishtirokida onlayn yoki oflayn tarzda ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar, turli ilmiy xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va amaliy anjumanlarni tashkil etib borish orqali o‘qituvchilar va yosh ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;

– Universitet hindi tili ustozlari hamkorligida yangi davr adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga shuningdek, o‘zbek adiblarining sara asarlarini hindi tiliga tarjima va nashr ettirish ishlarini amalga oshirish;

  • Talaba va magistrantlarning hindi tili lingvistikasi va adabiyotshunosligi bo‘yicha ilmiy anjumanlarini tashkil etib borish, talabalar maqolalarini ilmiy to‘plam sifatida nashr ettirib borish;
  • 00.05 – “Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti” (lingvistika va adabiyotshunoslik yo‘nalishi) va 10.00.06 – Qiyosiy adjabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (adabiyotshunoslik yo‘nalishi) ixtisosligi bo‘yicha doktorantlar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va erkin tadqiqotchilar ilmiy mavzularini tasdiqlash, ilmiy daraja olish uchun yozilayotgan  dissertatsiyalarni bobma-bob muxokamalardan o‘tkazish va ularni himoya jarayonlariga tayyorlab borish;
  • Markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallarni hamda soha bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalarni respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;
  1. Markaz unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– Hindshunoslikning dolzarb masalalari boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etadi;

– Universitetning va Markazning tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy maʼruzalar tayyorlaydi;

– Hindiston mutaxassislari bilan hamkorlikda oʻquv kurslarini, oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda ishtirok etadi;

– Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;

– Markaz ishini tashkil etishga universitet professor-oʻqituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining xodimlari, tahliliy markazlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini jalb etadi;

– Hindiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va indonez tili boʻyicha amalga  oshiriladigan bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari va turli ilmiy tadqiqotlar, tahliliy loyihalarni kafedralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi;

– Hindiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va indonez tili  boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tatbiq etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

– Hindiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va indonez tilini chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish orqali Oʻzbekiston va Hindiston  davlatlarining oʻzaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shadi;

– Hindshunoslikning turli yoʻnalishlari va dolzarb masalalari boʻyicha materiallar tayyorlaydi.

28.10.2024, 13:38 102