Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi
MATCHANOV ELYOR OMONBOYEVICH | ||
Lavozimi: | Bo’lim boshlig’i | |
Qabul vaqtlari: | Har kuni (11:00-13:00) | |
Tel.: | +99871-232-16-76 | |
E-mail: | ydec@tsuos.uz |
TDSHU Rektorining 2021-yil 2-iyuldagi 214-son buyrug‘iga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi” tashkil etildi. Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
– universitetda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo’lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
– universitetda korrupsiya ko’rinishlari namoyon bo’lishiga olib keladigan tizimli
muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish;
– universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya tehnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
– universitetda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va ularni kamaytirish
yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish.
Korrupsiyaga_qarshi_kurashish_“Komplaens_nazorat”_tizimini_boshqarish
Manfaatlar to’qnashuvi qonun bilan tartibga solinadi
Korrupsiyaga qarshi kurashish Eslatma 1
Korrupsiyaga qarshi kurashish Eslatma 2