Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Mahmud Zamaxshariy ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish markazi

10 Markaz direktori: SHAMUSAROV SHARUSTAM GIYAZOVICH
Qabul vaqti: Har kuni (14:00-16:00)
Tel: +998 71 233 62 19
e-mail: sharustam_shamusarov@tsuos.uz

 

Markazning vazifalari

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– Mahmud Zamaxshariy merosi, arab va fors tillaridagi lingvistik, adabiy, tarixiy, falsafiy manbalarni har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda yurtimiz qadriyatlari va milliy madaniy merosimizni dunyo miqyosida targʻib etish;

– Mahmud Zamaxshariy merosi, qadimiy yodgorlik va qoʻlyozmalarni ilmiy jihatdan oʻrganish, mazkur yoʻnalishda ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

– Respublikamizda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan Mahmud Zamaxshariy va boshqa buyuk allomalarning arab tilshunosligiga oid merosi hamda muhim ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘lyozma, toshbosma asarlarning asl hamda elektron nusxalarini to‘plash va kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;;

– Tilshunoslik ilmi tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bag‘ishlangan anjuman, konferensiya, simpozium, ko‘rgazma, ilmiy ma’ruza, seminar-trening va tanlovlar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;

– Tadqiqot natijalari yuzasidan o‘quv qo‘llanmalar, qomuslar, kataloglar, albomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida e’lon qilishni tashkil qilish;

– Qoʻlyozma asarlarining tilshunoslik tadqiqi va ilmiy tahlili asosida universitet bakalavrlik va magistrlik oʻquv rejalaridagi til, adabiyot bilan bogʻliq kurslar oʻquv dasturlariga yozma yodgorliklar mazmun-mohiyatini singdirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

–Ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va yozma yodgorliklarga bagʻishlangan turli ilmiy anjumanlar tashkil etish orqali oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;

– Universitetda davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan yozma yodgorliklar va ularni oʻrganishga bagʻishlangan tadqiqot ishlarni oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish va ijrosini taʼminlash;

– Markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallarni hamda soha boʻyicha erishilgan ilmiy natijalarni respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;

– Ajdodlarimizdan qolgan yozma yodgorliklarga bagʻishlangan eng nufuzli ilmiy asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirish ishlarini yoʻlga qoʻyish;

– Markaz ishiga yurtimiz va chet ellarda faoliyat olib borayotgan yozma yodgorliklar boʻyicha yetakchi sharqshunos olimlarni jalb qilish.

– Mahmud Zamaxshariy va boshqa buyuk ajdodlarimiz merosi, sharq tillaridagi lingvistik va adabiy manbalarni tadqiq, tahlil eta oladigan sharqshunos mutaxassislarni yangi avlodini shakllantirishda faol ishtirok etish;

– Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovatsion loyihalar ishlab chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqin hamkorlik oʻrnatish, ilmiy seminarlar va loyihalar taqdimotlarini oʻtkazish.

Markaz unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– Universitet ilmiy tadqiqot ishlari hamda markazning ish rejasidan kelib chiqib, tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;

– Tilshunoslik ilmining dolzarb masalalari boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etadi;

– Universitetning va Markazining tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy maʼruzalar tayyorlaydi;

– Xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda oʻquv kurslarini, oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda ishtirok etadi;

– Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;

– Markaz ishini tashkil etishga universitet professor-oʻqituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining xodimlari, tahliliy markazlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini jalb etadi;

– Sharq xalqlari madaniyati, tili, adabiyoti, matnshunoslik va adabiy manbashunoslik boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishning ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

– Sharq xalqlari madaniyati, tili, adabiyotiga oid manbalarni chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda yurtimiz qadriyatlari va milliy madaniy merosimizni dunyo miqyosida targʻib etadi;

– Arab tilshunosligi, matnshunosligi va adabiy manbashunosligining turli yoʻnalishlari boʻyicha materiallar tayyorlaydi.

28.10.2024, 13:54 666