Matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi
![]() |
QODIRQULOV BAXTIYOR JALILOVICH | |
Ilmiy darajasi va unvoni: | Fizika – matematika fanlari doktori, dotsent | |
Lavozimi: | Kafedra mudiri | |
Qabul vaqtlari: | Har dushanba soat (13:30) | |
Tel.: | +99871 252 65 79 | |
E-mail: | kadirkulovbj@gmail.com |
Kafedra tarixi
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tashkil etilishi bilanoq 1992-yil sentabr oyida ToshDShI tarkibida “Oliy matematika va informatika” kafedrasi tashkil etilib, bu kafedraga mudirlik qilish fizika- matematika fanlari doktori, dotsent L.P. Yugay zimmasiga yuklatildi. Dastavval bu kafedrada Yugay L.P, Jalilov A., Umarov A., Burilxiev S., Burаlxiyevа R., Giyazitdinov U., Imamov T. lar faoliyat ko‘rsatganlar.
2000 – yilda bu kafedra ikki kafedraga – «Oliy matematika» va «Informatika» kafedrasiga ajratildi. «Informatika» kafedrasi yangi tarkibda ish boshlab, bu kafedrada Abidov A., Pulatov A., Kodirova N.R., Razzakova D., Ergashova N., Malsheva L., Normatov R.lar faoliyat ko‘rsata boshladi.
2005 – yil 28 – sentabrda institut rahbarining K/01-72 buyrug‘iga asosan «Tabiiy fanlar», «Oliy matematika» va «Informatika» kafedralari asosida yangi «Tabiiy fanlar, oliy matematika, informatika» kafedrasi tashkil qilindi. Bu kafedraga biologiya fanlari nomzodi Usmanova G.U. boshchilik qildi.
2008 – yili “Tabiiy fanlar, oliy matematika, informatika” kafedrasi negizida “Matematika va informatika” kafedrasi tashkil etildi va unga fizika-matematika fanlari nomzodi Qodirqulov B.J. rahbarlik qildi.
2013 -2017 yillar kafedraga fizika-matematika fanlari nomzodi Nasirov K.E. mudirlik qildi. 2015 yildan kafedra nomi “Matematika va axborot texnologiyalari” deb nomlana boshlandi
2021 – yildan kafedra nomini “Matematika va umumiqtisodiy fanlar” deb o‘zgartirildi.
Hozirda kafedraga fizika-matematika fanlari doktori Qodirqulov B.J. mudirlik qilmoqda. Kafedrada professor-o‘qituvchilari 8 nafarni tashkil etib, ulardan 4 nafari asosiy shtatda va 4 nafar o‘qituvchi o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritishadi. Professor – ‘qituvchilardan 1 kishi fan doktori, dotsent unvoniga ega.
Kafedra mutaxassis chiqaruvchi bo‘lmaganligi sababli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari mavjud emas.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati quyidagicha:
- Iqtisodchilar uchun matematika.
- Ekonometrika
- Matematik modellashtirish (siyosat yo‘nalishlari uchun)
- Iqtisodda matematik usullar va modellashtirish
- Matematika va miqdoriy usullar
- Moliyaviy matematika asoslari
- Mikroiqtisodiyot
- Bugalteriya hisobi asoslari
- Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
- Iqtisodiyot nazariyasi
Kafedra professor-o‘qituvchilari:
- Qodirqulov Baxtiyor Jalilovich – fizika-matematika fanlar doktori, dotsent
- Djalilov Abduvosiq Abduraximovich – katta o‘qituvchi
- Salixova Venera Karimjanovna – o‘qituvchi
- Xikmatov Nodir Nazimdjanovich – o‘qituvchi.
- Imomova Nilufar Asomiddinovna – katta o‘qituvchi, o‘rindosh
- Zokirjonova Feruza Yo‘ldoshevna – o‘qituvchi, o‘rindosh
- Tilakova Zaynurra Alijanovna – o‘qituvchi, tashqi o‘rindosh
- Atametova Nigora Abdumalikovna – o‘qituvchi, tashqi o‘rindosh
Kafedra Al – Xorazimiy nomidagi axborot texnologiyalari universiteti va Oman sultonligi Sulton Qobus unversiteti bilan hamkor.
Kafedra professor-o‘qituvchilari nashrlari:
- A. Jalilov, L.P.Yugay, X.N.Jumayev, B.Otaniyozov, “Matematik programmalashtirish” darslik. Toshkent – 2005
- Mamajanov R.Y., Rajabov T.J. HTML tilida web-saxifa yaratish. Toshkent,2011 Sharq ziyokori.
- Mamajanov R.Y., Rajabov T.J. Axborot tizimlari fanidan laboratoriya ishlari topshiriqlari. Toshkent, 2011 Sharq ziyokori.
- Qodirqulov B.J. Solvability of an elliptic partial differential equation with boundary condition involving fractional derivatives. Complex Variables and Elliptic Equations, 2013 http://dx.doi.org/10.1080/17476933.2013.777711: (An International Journal)
- Qodirqulov B.J. Об одной нелокальной задаче для параболического уравнения четвертого порядка с дробным оператором Джрбашяна-Нерсесяна. Дифференциальные уравнения, 2016, том 52, № 1, с.123–127.
- Qodirqulov B.J. Boundary value problems for fourth-order mixed type equation with fractional derivative. Electronic Journal of Differential Equations, Vol. 2016 (2016), No. 36, pp. 1–11.
- Qodirqulov B.J. Some properties and applications jf the integrodifferential operators of Hadamard-Marchaud type in the class of harmonic function. Siberian Mathematical Journal, Volume 53, Issue 4, July 2012, pp. 600-610, Impact Factor 0,365
- Qodirqulov B.J. Solvability of an elliptic partial differential equation with boundary condition involving fractional derivatives. Complex Variables and Elliptic Equations, 2013 http://dx.doi.org/10.1080/17476933.2013.777711: (An International Journal)
Kafedraning o‘qituvchilarinig ilmiy yo‘nalishi
Qodirqulov B.J. – Kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish usullari
Xikmatov N.N. – Aralash ta’limni rivojlantirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish uslubiyati masalalari
Fotolavhalar:
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: