“Moliyaviy savodxonlik” fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 25-mart kuni universitetimizda “Moliyaviy savodxonlik” fanidan 1-bosqich — saralash olimpiadasi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur olimpiada talabalar o‘rtasida iqtisodiyot va moliya sohasidagi bilimlarni mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Olimpiadada ishtirok etish uchun 60dan ziyod murojat tushdi.
Olimpiadani universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, tarix fanlari doktori (DSc), professor, Sayfullayev Durbek Baxtiyarovich ochib berdi. Shuningdek Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar boshqarmasi vakillari, «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan ekspertlar guruhi faol ishtirok etdi.
Olimpiada yakunlariga ko‘ra ig‘olib bo‘lgan talabalar Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar.
Mazkur olimpiada talabalar uchun o‘z bilim va salohiyatini namoyon etish, tajriba orttirish hamda kelajakda professional rivojlanish sari muhim qadam bo‘ldi.

