PSIXOLOGIK XIZMAT KO‘RSATISH MARKAZI
Markaz direktori | ABDULLAYEVA SHOIRA XOMIDOVNA | |
Qabul vaqti: | Har kuni (14:00-16:00) | |
Tel: | +99890 333-03-30 | |
e-mail: | shoira_abdullayeva@tsuos.uz |
Markazning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
psixologik xizmatga muhtoj shaxslarga har tomonlama to‘laqonli psixologik yordamni ta’minlovchi, psixologik malakaga ega bo‘lish extiyojidagi mutaxassislarni zamonaviy psixologiyaning amaliy sohalari va tarmoqlaridagi barcha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashida, optimal shart-sharoitlar yaratish.
.Quyidagilar psixologik xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
markaz psixologik xizmatning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha pullik to‘lovni ko‘zda tutuvchi xo‘jalik shartnomalari asosida xizmatni tashkilashtiradi;
mehnat bozori konyukturasini hisobga olgan holda, shaxsning kasbiy bilim va ko‘nikmalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
psixologik xizmat ko‘rsatishning amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan mablag‘lar topishning boshqa imkoniyatlarini izlash;
ta’lim muassasasida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish ishlarini sifatli tashkil etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali tinglovchilar va respondentlarni kasbiy ko‘nikmalari (adaptatsiya), kasbiy yo‘nalganligi (ustanovka), kasbiy va shaxsiy sifatlarini adekvatligi kabi ishlar samaradorligini oshirish;
tinglovchilar va respondentlarni o‘z qobiliyati, layoqati, qiziqishlari asosida mehnat faoliyatlarini tashkil etishning psixologik omillari resurslaridan oqilona foydalanish malakalarini oshirishga ko‘maklashish;
turli yosh davrlarida muqarar yuz beradigan psixologik xodisa, psixologik qonuniyat, jumladan, shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan asoslab berish, respondentlarning o‘quv, muloqot, va mehnat faoliyati bilan bog‘liq psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy rivojlanishida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy og‘ishlarning oldini olishga qaratilgan psixokorreksion, psixokonsultasion ishlarni amalga oshirish;
tinglovchilar va respondentlarni ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
davlat va nodavlat tashkilotlarida xodimlar jamoalarda sog‘lom psixologik muhitni yaratish va qo‘llab-quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;
tinglovchilar va respondentlarni iste’dodi va iqtidorini aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o‘rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
ishchi jamoalarida axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internet jahon axborot tarmog‘ining salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan psixoprofilaktika tadbirlarni o‘tkazish;
psixologik bilimlarga qiziquvchilar uchun shartnomalar asosida “Amaliyotchi psixolog” kurslarini tashkil etish;
talabgorlar orasida shartnomalar asosida “Yosh psixologlar”, “Yosh trenerlar” to‘garagini tashkil etish;
qiziquvchi talabgorlar orasida “Oilaviy munosabatlar psixologiyasi”, “Ong va ong osti sirlari”, “Muloqot psixologiyasi”, “Ijodiy resurslarni ishga solish sirlari”, “Barkamollik sirlari”, “Omadni jalb etish sirlari”, “Motivatorlik xususiyatlari”, “Psixotrener”, “Farzand tarbiyalashda psixologik xususiyatlar” kabi mavzularda shartnoma asosida qisqa kurslarni tashkil etish;
oliy ta’lim tizimida qulay psixologik muhitni yuzaga keltirish uchun maxsus ish olib borish, murojaat va shartnomalar asosida pedagogik jamoada muomala madaniyatini takomillashtirish va targ‘ib qilish, talabalar bilan o‘qituvchilar munosabatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish, shaxsga oid, ixtisoslikka doir muammolar yuzasidan o‘qituvchilarga keng ko‘lamda maslahatlar berish;
tinglovchi, talabgor va respondentlarga shaxslararo munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni, oilaviy nizolarning ildizini psixologik nuqtai nazardan o‘rganish, shaxclararo munosabatlarning asl moxiyatini namoyon qilish, ularni keltirib chiqaruvchi motivlarni tahlil qilish yo‘llari yuzasidan maslahatlar berish;
Gnostik vazifalar:
Shasxning psixofiziologik, individual-psixologik va shaxsiy xususiyatlari, ularning ijtimoiy mavqei hamda kasbiy jamoasidagi shaxslararo munosabatlarning muhim xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. Konsultativ va korreksion psixoterapevtik tadbirlar belgilanadi va amalga oshiriladi.
Konstruktiv – madaniy-ma’rifiy vazifalar:
Insonlardagi psixologik sabablar asosida kelib chiqqan nizo va boshqa kelishmovchiliklarning oldini olish hamda bartaraf etish bo‘yicha aniq maqsadli va manzilli psixologik konsultatsiyalar berish;
muloqotga oid ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishning individul dasturini ishlab chiqish hamda tatbiq etish chora-tadbirlarini rejalashtirish. Bu vazifa turli kontingent hamda individual maslahat berish ishlari bilan amalga oshiriladi.
Maslahatli (konsultativ) vazifalar:
bola ta’lim va tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan yosh ota-onalar, pedagoglar, ma’muriyat jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq psixologik ko‘rsatmalar berish;
yoshlarning kayfiyati, alohida holatlarini psixologik tahlil qilish yoki ularning oilaviy kasbiy faoliyatidagi xulq-atvor xususiyatlarini tushuntirib berishga qaratilgan aniq ilmiy asoslangan konsultatsiyalar berish;
kasb tanlash, turmush qurish, o‘zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidorlik muammolari yuzasidan individual yoki guruhiy tartibda konsultatsiyalar berish;
ota-onalarga bolalarning psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatini shakllantirish, o‘zaro munosabat maromlari, bunda farzandlarning yosh, jins, individual-psixologik xususiyatlari muammosi bo‘yicha ilmiy-amaliy maslahatlar berish va x.k.
Tarbiyaviy vazifa:
yoshlarning xulq-atvor va xarakter xususiyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlarni saralash, tanlash va amalga oshirish bo‘yicha psixologik ko‘rsatmalar berish, ularning aniq shaxsiy sifatlarini shakllantirish, shaxsning alohida ijtimoiy mavqeiga ta’sir ko‘rsatish, pedagogik jamoa va o‘quvchilar guruhida iliq psixologik iqlimni tashkil etishning shartlarini tushuntirish bo‘yicha maqsadli konsultatsiyalar berish;
yosh ota-onalarga farzand tarbiyalashning psixologik xususiyatlari bo‘yicha psixokonsultatsiyalar berish.
Psixoprofilaktik va psixoterapevtik vazifalar:
yoshlar muayyan sharoitga moslashishiga oid va ularni yoshi bilan bog‘liq muqarrar yuzaga keladigan psixologik krizislarni oldini olishga qaratilgan psixokonsultatsiyalarni berish;
tinglovchilar va respondentlarga ruhiy, emotsional zo‘riqish (stress, affekt, depressiya, agressiya) holatlarida diagnostik, psixoterapevtik va psixoprofilaktik ishlar va aqliy rivojlanishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha konsultatsiyalar berish.
Metodik (uslubiy) vazifalar:
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi psixologik xizmat ko‘rsatish markazi psixologik xizmat faoliyatida murojaat asosida psixologik xizmat ko‘rsatilgan talabalar va pedagog-xodimlar bilan olib borilgan psixoprofilaktika tadbirlari yuzasidan har 6 oyda universitet Ilmiy Kegashiga tahliliy hisobotlar kiritib borish;
Murojaatchi sharnomalari asosida talabalar va pedagogik jamoa orasida maqsadli va manzilli ijtimoiy-psixologik trening mashg‘ulotlarini o‘tkazish;