Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi

 2 SULAYMONOV JASUR BAXTIYOROVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Falsafa fanlari doktori (PhD), katta o‘qituvchi
Lavozimi: Kafedra mudiri v.b.
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99899 899 09 64
E-mail: orientalphilosophy@mail.ru

“Sharq falsafasi va madaniyati” kafedrasi tarixi

«Sharq falsafasi va madaniyati» kafedrasi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan tengdosh bo‘lib, uning tashkil etilishi tarixi universitet  tarixi bilan uzviy bog‘liq va dastlab u «Falsafa»  kafedrasi deb nomlangan. Kafedra tashkil topgan 1991-yildan boshlab, bu yerda respublikamizda taniqli bo‘lgan faylasuf-olimlar, professor-o‘qituvchilar T.A.Jo‘rayev,  M.A.Axmedova, B.A. Abduhalimov, X.A.Aliqulov, U.Y.Idirov, R.M.Imomaliyeva, B.T.To‘ychiyev, M.N. Abdullayeva, E’.S. Xoshimova,  E.J. Boboyeva, R.R. Karimov faoliyat olib borganlar.

Kafedrada 2001-yildan “Falsafa (Sharq falsafasi va madaniyati)” bakalavr ta’lim yo‘nalishi va 2005-yildan “Zamonaviy Sharq falsafasi va tarixi”, 2015-yildan  “Sharq falsafasi va madaniyati” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayorlash boshlangan. 2015-yil 20-sentyabridan kafedra “Sharq falsafasi va madaniyati” deb nomlangan. Ayni paytda kafedrada 2 nafar fan doktori, professor; 3 nafar fan nomzodi, dotsent; 4 nafar PhD, katta o‘qituvchi, 1 nafar o‘qituvchilar ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishmoqda. E’tiborga loyiq jihati – yosh o‘qituvchilarning shu universitet va kafedra bitiruvchilari ekanligidir.

Kafedraga 1991-1993 yillarda falsafa fanlari doktori, professor T.A.Jo‘rayev, 1994-2004 yillarda falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi M.A.Axmedova mudirlik qilgan.

2004-2023-yillarda mazkur Kafedraga falsafa fanlari nomzodi, professor, Oliy ta’lim a’lochisi D.A.Po‘latova rahbarlik qilgan.

2023-yilning avgust oyidan boshlab mazkur Kafedraga falsafa fanlari doktori (PhD), katta o‘qituvchi Sulaymonov J.B. rahbarlik qilmoqda.

Sharq falsafasi va madaniyati bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxasisligi bitiruvchilari mamlalatimizdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, turli davlat va nodavlat tashkilotlarida mehnat qilmoqdalar; Vatanimizda, ayrimlari esa xorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirmoqdalar. Xususan, kafedraning Falsafa ta’lim yo‘nalishini tamomlab, Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligi  iqtidorli magistranti  bo‘lgan Aziza Shonazarova xorijda o‘qishni davom ettirib, 2019-yilda muvaffaqiyatli doktorlik  dissertatsiya­sini himoya qildi va AQSH Kolumbiya Universitetining  proffesori etib saylandi, 2020-yilda  O‘zbekiston Prezidenti  SH.M.Mirziyoyev tomonidan “Do‘stlik” Ordeni bilan taqdirlandi. Bu­­gun­­gi kunda u TDSHU Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi konsuli – Qahramon Dalimov ham Sharq falsafasi va madaniyati ta’lim yo‘nalishining bitiruvchisidir.

Kafedra 2018 yildan Rossiya Hukumati huzuridagi Moliya Universiteti Ijtimoiy fanlar departamenti professori vanandoshimiz falsafa fanlari doktori, professor Toir Mahamatovich Mahamatov bilan ilmiy va o‘quv-pedagogik sohada faol hamkorlik qiladi.

Kafedrada quyidagi ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

5120800 – Sharq falsafasi va madaniyati;

2021-2022 o‘quv yilidan: 60220500 – Falsafa (Sharq falsafasi va madaniyati)

Magistratura mutaxassisligi

70220502- Sharq falsafasi va madaniyati

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

1– kurs 60220500– Falsafa (Sharq falsafasi va madaniyati)
Sharqshunoslikka kirish
Ontologiya
Bilish nazariyasi
O‘zbekistondagi madaniy obidalar
2– kurs barcha yo‘nalishlari bo‘yicha 
Falsafa
2– kurs 60220500 –  Falsafa (Sharq falsafasi va madaniyati)
Sharq falsafasi va madaniyati tarixi
G‘arb falsafasi tarixi
Din falsafasi
Madaniyat falsafasi va aksiologiya
3–kurs 5120500 – Falsafa (Sharq falsafasi va madaniyati)
Sharq falsafasi va madaniyati tarixi
G‘arb falsafasi tarixi
Falsafa o‘qitish metodikasi
Mantiq
Axloq va nafosat falsafasi
O‘zbekistondagi madaniy obidalar
4-kurs 5120800 – Sharq falsafasi va madaniyati tarixi
Sharq falsafasi va madaniyati tarixi
Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi
Ijtimoiy falsafa
Fan falsafasi
Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar
G‘oyalar falsafasi
70220502 – Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligi 1–kurs
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
Markaziy Osiyo xalqlarining tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy merosi
Yaqin O‘rta Sharq xalqlari ijtimoiy- falsafiy fikrlari (VIII-XVIII asrlar)
Yangi va eng yangi davr Sharq falsafasi
Sharq va G‘arb falsafasidagi  antropologik muammolar
Globallashuv va milliy madaniyatlar rivoji
Falsafiy matn tarjimasi va amaliyoti

Zamonaviy G‘arb falsafasining muammolari va yo‘nalishlari

70220502 – Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligi 2–kurs
Maxsus fanlarini o‘qitish metodikasi

Слайд1 Слайд2

Kafedraning ilmiy loyihalari

  • 2009-2011 yillarda ITD-4-160 «Ta’lim tizimida Falsafa fanini o‘qitishning takomillashtirilgan o‘quv-metodik ta’minotini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish» mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha;
  • 2012-2016 yillarda F-1-140 «Sharq falsafasi axloqiy qadriyatlari va ularning O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni (qo‘lyozmalar tarjimasi va tahlili asosida)» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi.

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom Sivilizatsiyasi Markazi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi.
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti,  Ijtimoiy fanlar fakulteti.
  • Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi.
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi.
  • Toshkent davlat transport universiteti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi.
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi.
  • Chilonzor tumanidagi 202-o‘rta ta’lim maktabi.
  • Uchtepa tumanidagi 193-o‘rta ta’lim maktabi.

Xalqaro hamkorlik:

  • Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti, Ijtimoiy fanlar departamenti.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari

  • Sharq falsafasining qadriyatlari va ularning O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni.
  • Mir Sayid Sharif Jurjoniy(1339-1431) ning falsafiy qarashlari va mantiqiy ta’limoti.
  • Ilmiy bilish usullari va bilimning haqqoniyligi muammolari.
  • Ilmiy bilish va insonparvarlik ideallarining o‘zaro munosabati.
  • Freydizmda inson muammosining falsafiy tahlili.
  • Ibn Xaldunning “Muqaddima” asaridagi ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar.
  • Beruniy va F. Bekon gnoseologik qarashlarining qiyosiy tahlili.
  • Mahatma Gandi dunyoqarashining falsafiy-konseptual tahlili.
  • Abu Ali ibn Sinoning “Al-Ishorat va at-tanbehot” asaridagi borliq muammosining falsafiy tahlili.
  • Maxmud Zamahshariyning “Rabi’ al-abror” asarining falsafiy tahlili.
  • Yaponiya va O‘zbekiston xalqlari milliy identligining falsafiy-komparativistik tahlili.

Kafedraning faoliyati boyicha fotolavhalar

28.10.2024, 11:53 20982