Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Tarjimon mas’uliyati” mavzusida mahorat dars

13.02.2020, 15:18 Yangiliklar 2002

13-fevral kuni ToshDSHIning Arab filologiyasi kafedrasi 4-kurs talabalari va magistrantlarining arabshunos olim, uzoq yillar davomida davlat rahbarlariga tarjimon sifatida faoliyat yuritib kelgan ustoz dotsent Shoniyazov Kamol Karimovich hamda ko‘p yillar arab davlatlarida tarjimon va pedagogik sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan, hozirda “Arab filologiyasi” kafedrasi mudiri bo‘lib ishlayotgan prof. Shomusarov Shorustam G‘iyosovich bilan “Tarjimon mas’uliyati” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.Ustoz K.Shaniyazov talabalarga arab tilini o‘rganish, tarjimon va uning mas’uliyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tib, o‘zining davlatimiz va hukumatimiz rahbarlarining arab davlatlariga va arab davlatlari rahbarlarining mamlakatimizga tashriflari vaqtida tarjimon sifatida yuritgan faoliyati, tarjima vaqtida o’zlari duch kelgan muammolar, tajribalari bilan bo’lishib, yoshlarga tarjima vaqtida e’tibor qaratishlari lozim bo’lgan aspektlar, hozirgi kunda mamlakatimizda, xususan, institutimizda bu masalaga juda katta e’tibor qaratilayotganligi, ayniqsa, sinxron tarjimaga jiddiy kirishilganligi, talabalar uchun respublikamizning taniqli tarjimonlarini taklif etib, darslar tashkil etilayotganligi va bundan unumli foydalanish kerakligi haqida aytib o‘tdi.Professor Sh.Shomusarov esa talabalarga tarjimonlik mahorati haqida gapirib, tarjima jarayonida tarjimon mahorati muhim ahamiyatga egaligi, bilim va tajribaga ega bo‘lmasa, tarjima to‘laqonli chiqmay, muzokaralarda ishtirok etayotgan ikkinchi tomon fikrni to‘liq anglay olmasligi mumkinligi, shuning uchun tarjimonda so‘z boyligi va tajriba bo‘lmoqligi lozimligi haqida to’xtalib o’tdi.