Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI rahbariyatining talaba-yoshlar bilan uchrashuvi

23.01.2017, 17:49 Yangiliklar 4075

Prezidentimiz tomonidan 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan institut talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda institut rektori, prorektorlari, “Jahon siyosati, tarix va falsafa” fakulteti dekani va dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilari, guruh murabbiylari, institut “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Boshlang‘ich tashkilotining yetakchisi, fakultet sardori, Kengash a’zolari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
Muloqot tarzida tashkil etilgan mazkur uchrashuv avvalida institut rektori A.Mannonov so‘zga chiqib quyidagilarni aytib o‘tdi. Bunday uchrashuvlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad institut talabalari bilan yaqindan muloqot qilib,  ularni qiynayotgan muammo va savollariga yechim topishdir. Ana shu maqsadda institutda tashkil etilgan “Talabalar va ularning ota-onalarini qabul qilish xonasi” tashkil etilganligini ma’lum qildi. Endilikda talabalar va ota-onalar o‘zlarini qiynayotgan muammo va savollari bilan murojaat qilishlari mumkin. Shu bilan bir qatorda institutimiz yutuqlari va kamchiliklari hususida to‘xtalar ekan, hali oldinda bajarilishi zarur ishlar to‘g‘risida ham gapirib o‘tdi.
Shundan so‘ng fakultet dekani I.Bekmuratov institut talabalarining tashqi ko‘rinishlari, talaba sifatida o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini, institut “Odob-axloq qoidalari” va ichki tartib qoidalariga hamisha rioya qilishlari darkorligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ushbu mavzu doirasidagi fikrlarni A.Doniyorov, M.Is’hoqov va “Kamolot” YIH BT fakultet sardori Sh.Sharopovlar ham davom ettirishdi.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroqlicha javob oldilar. Institutda bu kabi uchrashuvlar davom etadi.

rektor2

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi