TDSHUda Aleksandr Eduardovich Shmidt tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlab davra suhbati o‘tkazildi
Aleksandr Eduardovich Shmidt buyuk arabshunos va islomshunos, rus va sovet sharqshunosi hisoblanadi. Olim Toshkent sharq institutiga (1920) asos solib, unda rektor sifatida faoliyat yuritgani bilan bir qatorda, O‘rta Osiyo milliy sharqshunoslik maktabining ma’naviy otasi ham sanaladi.
Buyuk sharqshunos olim tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlab, TDSHUda joriy yilning 11-noyabrida davra suhbati o‘tkazildi. Unda TDSHUning professor- o‘qituvchilari, doktorantlari bilan birgalikda O‘zbekistonning olimlari ham ishtirok etdilar.
Davra suhbatining prezentatsiyalarini quyidagi havoladan yuklashingiz mumkin:
https://t.me/tsuos/7939
https://t.me/tsuos/7938
TDSHU Matbuot xizmati