Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Mustaqillik soati” o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi

25.05.2026, 14:54 Yangiliklar 71

2026-yil 25-may kuni TDSHUda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik soati” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, tyutorlari hamda mutaxassislar ishtirok etdi.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. O‘quv-seminar davomida Gulchehra Rixsiyeva siyosatshunos Qudratulla Rafiqov muallifligidagi “Millat shavkati” nomli maqolaning mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib berdi hamda unda ilgari surilgan g‘oyalarning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi ahamiyatiga to‘xtaldi.

Shuningdek, seminar doirasida videorolik namoyish etildi hamda mutaxassislar tomonidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilindi. Jumladan professor ustozlardan Fayzulla Ernazarov “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi kelajakni yaratamiz” bosh g‘oyasining mohiyati, Jumali Shabanov “Mustaqil va Yangi O‘zbekiston fenomeni”, Sayfiddin Jo‘rayev “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasi omili” hamda Suhrob Bo‘ronov “Yangi O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi islohotlari” mavzularida ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.

Seminar davomida mustaqillik g‘oyalarining mazmun-mohiyati, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari, yoshlar tarbiyasi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan mavzuga oid taklif va mulohazalar bildirilib, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim jihatlari muhokama qilindi.

 

    WordPress Lab Musize – Creative Music WordPress Theme Muzex – Museum WordPress Theme + RTL MV 360 Tour MV Richard – Health and Fitness WordPress Theme M.Williamson | Lawyer & Legal Adviser WordPress Theme My Church – Religion WordPress Theme with Events, Donations & Sermons MyCred Addons Bundle MyGrace – Churches and Charity WordPress Theme MyHome Real Estate WordPress MYKD – eSports and Gaming NFT WordPress Theme