Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUga Yaponiyaning yetakchi ishlab chiqarish korxonalari vakillari tashrif buyurdi

19.11.2025, 12:05 Yangiliklar 188

2025-yil 18-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Yamagata viloyati Sanoat va mehnat boshqarmasi hamda Yaponiyaning yetakchi ishlab chiqarish korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Yamagata universiteti o‘rtasida imzolangan tadbirkorlik, ta’lim va inson resurslari rivojiga doir hamkorlik kelishuvi ijrosi yuzasidan fikr almashdilar.

Xususan, delegatsiya vakillari Yamagata viloyati sanoat korxonalarida malakali yosh kadrlar yetishmovchiligi sezilayotgani, texnik va muhandislik yo‘nalishlarida bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi hamda ushbu ehtiyojni qoplash maqsadida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish zarurligini alohida ta’kidladilar. Shu munosabat bilan universitet bitiruvchilarini Yamagata viloyatidagi korxonalarda mehnat faoliyati bilan ta’minlash imkoniyatlari muhokama qilindi.