Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘qituvchilarining ochiq ma’ruzalari

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 17ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bo‘yicha “BRM 4: Sifatli ta’lim” yo‘nalishida kampusdan tashqarida maxsus ochiq ma’ruzalar tashkil etish maqsadida TDSHUning 2 nafar professor-o‘qituvchisi 25-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahriga Milliy tadqiqotlar institute Iqtisoyot Oliy maktabiga tashrif buyurdi.

1-ma’ruzaning maxsus mavzusi – “Usin – Xitoy tilshunosligidagi besh element tushunchasi” deb nomlanadi. Bu maʼruza xitoy tilidagi baʼzi soʻzlarning etimologiyasi va semantikasiga usin falsafasining taʼsiriga bagʻishlangan. Ma’ruzaning o‘ziga xosligi falsafa va tilshunoslikning o‘zaro ta’siri, besh elementning atama shakllanishiga ta’siri va Usinning besh elementi nazariyasining paydo bo‘lish tarixini topishdadir. Bu konsepsiya ancha murakkab talqinga ega, bu kurashning asosiy qonuni va qarama-qarshiliklar birligi haqidagi sharqona tushunchadir. Ushbu tamoyillarning o‘zaro ta’siri besh elementni keltirib chiqaradi: olov, metall, tuproq, suv, yog‘och. Bu konsepsiya butun dunyoni, shu jumladan, insonni yaratuvchi ushbu elementlarning o‘zaro ta’siriga asoslanadi. Ajablanarlisi shundaki, bu konsepsiya nafaqat falsafada, balki Xitoy tibbiyotida, jang san’atida, gimnastikada, pazandalik va tilshunoslikda ham asosiy hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar tarjimalarda so‘zlarning kelib chiqishini tushunish uchun ularni to‘g‘ri talqin qilish va ona tilida etkazish uchun foydali bo‘ladi.

111

2-ma’ruzaning maxsus mavzusi “Xitoy tilida ot yasash xususiyatlari” deb nomlanadi. Bu ma’ruza xitoy tilida ot yasalishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ma’ruzaning o‘ziga xos xususiyati affiks, qo‘shimchalar yordamida ot yasashning yangi usullarini topishdan iborat bo‘lib, so‘zlarni takrorlash va ko‘chirish orqali yasash usullariga ham to‘xtalib o‘tadi. Ma’ruzada affiks morfemali konstruksiyalar keltirilib, ular asosida ot yasaladi, har bir qo‘shimchaning lug‘aviy xususiyatlari ochib beriladi, yangi konstruksiyalar ochiladi, ular asosida yangi otlar yasaladi, qo‘shimchalarning lug‘aviy ma’nolari tahlil qilinadi. Ushbu ma’lumotlar tarjimalarda so‘zlarning kelib chiqishini tushunish uchun ularni to‘g‘ri talqin qilish va ona tilida yetkazish uchun foydali bo‘ladi.

222

Ma’ruza va ma’ruzachilar haqida quyidagi havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin:

https://spb.hse.ru/ma/econasia/announcements/828466858.html

01.05.2023, 15:06 1171