Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligi munosabati bilan “Milliy armiya — bizning sharafimiz, g‘ururimiz!” nomli ma’rifiy-musiqiy tadbir o’tkazildi


Tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining chaqiruvga qadar boshlangʼich tayyorgarlik va yoshlar bilan ishlash departamenti rahbari, polkovnik Bahrom Zulfiqorov, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.



Tadbirni universitet rektori kirish so’zi bilan ochib berdi va milliy armiyamiz tashkil etilganining 34 yilligi bilan qutladi. Shuningdek, polkovnik Bahrom Zulfiqorov yoshlarni harbiy tayyorgarlik, mudofaa sohasi va milliy armiyaning hozirgi zamonaviy talablarga javob berishi, imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berdi va mamlakatimizning xavfsizlik siyosatidagi muhim yutuqlarga alohida to’xtalib o’tdi.



Bu kabi ma’rifiy-musiqiy tadbir, nafaqat, yoshlar o‘rtasida milliy armiyamizga bo‘lgan hurmat va munosabatni kuchaytirish, balki mamlakat taraqqiyoti va tinchligini ta’minlashdagi har bir fuqaroni jonli ishtirokiga chaqirish uchun muhim dastur bo’lib xizmat qiladi.

